Yulia Nikolayevna Obertas (; ; 1984-yil 19-iyunda tugʻilgan) juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi boʻlib, 2000-yilgacha Ukrainani, keyin esa faoliyatining oxirigacha Rossiyani himoya qilgan. 2003-yildan 2007-yilgacha Sergey Slavnov bilan juftlikda konkida uchgan va tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. Juftlik 2005-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindorlaridir.
Faoliyati Obertas konkida uchishni 5 yoshida boshlagan. U dastlab Ukraina vakili Dmitriy Palamarchuk bilan birga musobaqalarda chiqish qilgan. Juftlik 1998 va 1999-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan. Shuningdek, ular 1997 va 1998-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida gʻalaba qozonishgan. Keyinchalik juftlik kattalar toifasidagi musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2000-yilgi Jahon chempionatida Obertas / Palamarchuk juftligi qisqa dastur namoyishidan soʻng 10-oʻrindan joy olgan. Fransiyaning Nice shahrida boʻlib oʻtgan bu musobaqada Palamarchikka tibbiy yordam koʻrsatilmagan. Palamarchuk muz ustida bir necha daqiqa yotgan va oʻrnidan turib muzni oʻzi tark etgan, lekin bir ozdan soʻng hushini yoʻqotib, kasalxonaga yotqizilgan. Koʻp oʻtmay, juftlik hamkorligini tugatgan.
Slavnov bilan hamkorlik left|thumb|200x200px| Obertas va Slavnov murabbiy Tamara Moskvina bilan, 2004-yil. Obertas Sergey Slavnov bilan 2003-yil avgust oyidan boshlab birga konkida ucha boshlagan.
Juftlik 2005-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan. 2005 — 2006-yilgi mavsumda ular Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik Olimpiada va Jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrindan joy olgan.
2006 — 2007-yilgi mavsum boshida Obertas / Slavnov juftligi Lyudmila Velikova murabbiyligiga qaytishga qaror qilgan. Bu juftlik 2006 Trophee Erik Bompard musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2006 NHK Trophy turnirida 6-oʻrindan joy olgan. 2007-yilgi Rossiya chempionatida juftlik kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2007-yilgi Yevropa chempionatida qatnashish uchun yoʻllanma oldilar. Juftlik Yevropa chempionatida 4-oʻrinni egallagan. Ular jahon chempionatida qatnashmadi.
Bu juftlik Obertasning jarohati tufayli 2007 — 2008-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishlarini eʼlon qilishgan. 2008-yilning yozida ular 2008 — 2009-yilgi mavsum boshlanishini oʻtkazib yuborishlarini, ammo Rossiyaning milliy musobaqalarida qatnashishlari mumkinligini aytishgan. 2008-yilning kuzida Obertas „Rossiya 1“ telekanalida efirga uzatilgan "Yulduzli muz" () shousida ishtirok etgan.
Dasturlari
Slavnov bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2006/2007 Libertango Ástor Piazzolla Dark Angel Edvin Marton Virtuosi Edvin Marton Carmina Burana Edvin Marton2005/2006 Concert for the Voice Reinhold Glière Brindisi Parigi o Cara La Donna E Mobile Anvil Chorus Giuseppe Verdi2004/2005 Les Rois du Tsigane Joska Nemeth and Paul Toscano Katiusha (Rus xalq qoʻshigʻi)
The Truman Show Burkhard Dallwitz Secret Garden Rolf Løvland2003/2004 Esperanza Maxime Rodriguez The Truman Show Burkhard Dallwitz Secret Garden Rolf Løvland
Natijalari
Slavnov bilan Rossiya vakili sifatida right|thumb|300x300px| Obertas va Slavnov 2004-yilda Natijalar Xalqaro Musobaqa 2003/04 2004/05 2005/06 2006/07 Olimpiada 8 Jahon chempionati 7 5 8 Yevropa chempionati 4 2 4 4 Gran-pri finali 4 5 GP Bompard 3 Rossiya GP kubogi 5 2 2 GP NHK Trophy 6 GP Skate America 2 3 GP Skate Canada 6 Bofrost Cup 2 Milliy Rossiya chempionati 3 3 2 2 GP = Gran-pri Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar