Bernard Anício Caldeira Duarte (; 1992-yil 8-sentyabrda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „Panathinaikos“ futbol klubi himoyachisi, Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.

Klublardagi faoliyati Bernard oʻz faoliyatini 2006-yilda „Atlético Mineiro“ futbol akademiyasida boshlagan, boʻyi pastligi sababli ikki marta jamoaga qoʻshilish uchun bergan arizasiga rad javob olgan. Keyinchalik jamoa safiga kirgan futbolchi maydonda arim himoyachi sifatida toʻp surgan. U 16 ta oʻyinda 14 ta gol urib, ajoyib oʻyin koʻrsatmagani sababli, u 2011-yil „Atlético“ futbol klubiga oʻtgan. 2011-yil 23-mart kuni „Uberaba“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Bernard „Mineiro“ futbol klubi safida debyut qilgan. 21-may kuni „Coritiba“ futbol klubidagi jamoadoshlariga qarshi bahsda yarim himoyachi Braziliya chempionatida debyut qilgan. 2012-yil 26-iyunda „Náutico“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Bernard klub safida birinchi golini urgan.

2016-yil 26-iyul kuni Chempionlar ligasi saralashida Shvetsariyaning „Young Boys“ jamoasiga qarshi o‘yinda u gol urgan. 20-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning „Gent“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Bernard rasmiy yevrokubokdagi ilk golini urgan.

2018-yilning 9-avgust kuni Angliyaning „Everton“ futbol klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati 2012-yilning 11-sentyabr kuni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mano Menezes Bernardni Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etishga chaqirgan, biroq yarim himoyachi maydonga tushmagan. 22-noyabr kuni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u 74-daqiqada Lucasning o‘rniga maydonga tushib, terma jamoada debyut qilgan. Bernard milliy terma jamoada 20-raqam ostida oʻynab kelmoqda.

2013-yilning yozida Bernard terma jamoa tarkibida Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Italiya va Urugvay bilan oʻyinlarda ishtirok etgan.

2014-yilda Bernard oʻz mamlakatida boʻlgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Xorvatiya, Meksika va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAtlético Mineiro201123010 - -2802012361120 - -4715201331 - -114257Jami62123011410022Shakhtar Donetsk2013—201418231802632014—201514042502322015—2016212541303962016—201724440933772017—201819621832910Jami961418843615728Everton F. C.2018—201934121 - -3622019—202027330 - -3032020—202112162 - -183Jami735113--848Sharjah F. C.2021—20222343063327Jami2343063327Panathinaikos F. C.2022—20232000 - -20Jami2000--20Umumiy faoliyatida256353511601337565

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar