Aissa Mandi (talaffuzi: Aissa Mandi; 1991-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — jazoirlik professional futbolchi. U La Liga klubi Villarreal va Jazoir terma jamoasida oʻynaydiAsí juega Aïssa Mandi‚ sevilla.eldesmarque.com, 29 June 2016. Asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynaydigan Mandi oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi.
Fransiyada tugʻilgan Mandi 2014-yil mart oyida Jazoir terma jamoasi safida debyut qilgan. U 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionati hamda 2015—, 2017—, 2019— va 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi oʻyinlarida Jazoir terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqqan.
Klubdagi faoliyati
Reims Mandi futbol oʻynashni 8 yoshida Reimsda boshlagan. 2010-yilning 20-avgustida u Liga 2 ning Le Havre klubiga qarshi oʻyinda klub safida professional debyutini oʻtkazdiLFP.fr — Ligue de Football Professionnel — Ligue 2 — Saison 2010/2011 — 4ème journée — Havre AC / Stade de Reims.
2014-yil 5-aprelda Mandi Paris Saint-Germainga qarshi oʻyinda ikkita avtogol muallifiga aylandi.
Betis 2016-yilning 30-iyunida Mandi La Liga vakili Real Betis klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Villarreal 2021-yilning 16-iyunida Mandi Betis bilan shartnomasi muddati tugagach, La Liganing boshqa jamoasi Villarreal bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
2021-yil 11-avgustda u Villarreal safida 2021-yilgi UEFA Superkubogida Chelseaga qarshi oʻyinda debyut qildi va penaltilar seriyasida penaltini oʻtkazib yubordi.
Xalqaro faoliyati Fransiya terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlsa-da, Mandi Jazoirda oʻynashga qaror qildi va 2014-yilning 5-martida Sloveniya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, Jazoir terma jamoasi safida debyut qildi. U 2014-yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Jazoir terma jamoasining kashfiyotlaridan biri edi.
Mandi 2017-yilda Gabonda bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Efiopiyaga qarshi safar oʻyinida 3:3 hisobida durang o‘ynab, Jazoir terma jamoasidagi ilk golini kiritdi.
Shaxsiy hayoti Mandi Fransiyaning shimolidagi Châlons-en-Champagne kommunasida Chlefdan boʻlgan jazoirlik ota-ona oilasida tug‘ilganLa Fiche de Aissa MANDI .
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarReims2009—2010Milliy chempionat100000——102010—2011Liga 2801010——1002011—2012Liga 22610010——2712012—2013Liga 12921000——3022013—2014Liga 13301020——3602014—2015Liga 13260010——3362015—2016Liga 13251000——335Jami161144050000017014Real Betis2016—2017La Liga26220———2822017—2018La Liga34110———3512018—2019La Liga35171—60—4822019—2020La Liga29010———3002020—2021La Liga28340———323Jami15271510060001738Villarreal2021—2022La Liga17121—20102222022—2023La Liga7010—80—160Jami241310010010382Faoliyati jami33722221501601038124
Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Jazoir 2014 10 0 2015 11 0 2016 4 1 2017 11 0 2018 6 0 2019 13 0 2020 4 0 2021 9 2 2022 12 1 Jami 80 4
Ballar va natijalar birinchi navbatda Jazoirning gollari roʻyxatini, ballar ustuni har bir Mandining golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi.
+Aissa Mandi tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-yil 29-mart Addis-Abeba stadioni, Addis-Abeba, Efiopiya 2-2 3-3 2017 Afrika Millatlar kubogi saralashi 2 2021-yil 29-mart Mustapha Tchaker stadioni, Blida, Jazoir 1-0 5-0 2021 Afrika Millatlar kubogi saralashi 3 2021-yil 12-oktyabr Général Seyni Kountche stadioni, Niamey, Niger 2-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 4 2022-yil 4-iyun Stade du 5 Juillet, Jazoir, Jazoir 1-0 2-0 2023 Afrika Millatlar kubogi saralashi
Yutuqlari Jazoir
Afrika Millatlar kubogi: 2019
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar