Andriy Oleksiyovich Vorobey (; 1978-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik nafaqadagi futbol hujumchisi. Donetskning „Shakhtar“ klubi bilan uch karra mamlakat chempionligini qoʻlgan kiritgan. 2000-yilda „Komanda“ jurnali uni liganing eng yaxshi futbolchisi deb tan olgan. Vorobey faoliyati davomida Ukraina Premyer-ligasida 100 dan ortiq gol urgan, 2000—2001-yilgi mavsumda esa liganing eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
Terma jamoada oʻynaganida Andriy Shevchenko qoʻl ostida ikkinchi hujumchi boʻlgan. Donetskning „Shakhtar“ klubida oʻynaganida markaziy hujumchi sifatida oʻynagan
Faoliyati
Shakhtar Donetsk Vorobey oʻz faoliyatini 1994-yilda Donetskning „Shakhtar“ klubida boshlagan. 1997-yilda professional jamoaga oʻtgan. 2000—2001-yilgi mavsumda Vorobey 21 ta gol bilan toʻpurar boʻlgan. Donetskning „Shakhtar“ klubida oʻynab, Ukraina Premyer-ligasida 209 oʻyinda 79 ta gol urgan. „Shakhtar“ jamoasidagi umumiy faoliyati oʻn yil davom etdi.
2000—2001-yilgi mavsumda 7 oʻyinda 9 ta gol urib, ketma-ket gol urish boʻyicha Ukraina Premyer-ligasi rekordini oʻrnatdi.
Dnipro Vorobey 2007-yil 17-iyunda Dnipropetrovsk FK bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2007—2008-yilgi UEFA kubogida Dnipropetrovskning „Dnipro“ klubi safidagi ilk golini Aberdinga qarshi oʻyinda (1:1) kiritigan. Ammo mehmondagi gollar qoidasiga muvofiq Aberdin keyingi bosqichga chiqqan.
Metalist 2010-yil 28-mayda Vorobey Metalist bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qilindi.
Xalqaro faoliyati Vorobey 2000-yildan 2008-yilgacha Ukraina milliy futbol terma jamoasida o‘ynagan. 2006-yilgi Jahon chempionatida Ukraina terma jamoasi tarkibida boʻlgan.
Ukraina milliy terma jamoasidagi soʻnggi golini UEFA Yevro-2008 saralash bosqichida Farer orollariga qarshi oʻyinda urgan va uchrashuvda Ukraina 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. Uchrashuvdagi so‘nggi 5-golni 64-daqiqada Vorobey kiritgandi„Ukraina rout lifts spirits in Kiev“ . UEFA.com. 17 October 2007. Retrieved 26 October 2012..
Faoliyat statistikasi
Klub 2013-yil 22-aprel holatiga koʻra KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarShakhtar1997—1998902010-1201998—199918114230-25131999—200024152020-28152000—2001242156127-41342001—20022596562-37162002—20032986541-39142003—20042995260-40112004—200529461131104962005—20061612031102222006—2007162614000263Jami219804422541220319114Dnipro2007—20082671031-3082008—20092151020-245Jami47122051-5413Arsenal Kyiv2009—201023910--249Jami23910--249Metalist2010—20112041080-2942011—2012500000-502012—2013101100-21Jami2642180-365Jami faoliyati3151054923671320433141
Xalqaro
Ukraina terma jamoasi Yil Ishtirok Gollar 2000-yil 5 0 2001-yil 12 4 2002-yil 9 1 2003-yil 9 0 2004-yil 6 0 2005-yil 6 0 2006-yil 13 3 2007-yil 6 1 2008-yil 2 0 Jami 68 9
Yutuqlari
Shakhtar Donetsk
Ukraina Premyer-ligasi (3): 2001-02, 2004-05, 2005-06 Ukraina kubogi (3): 2000-01, 2001-02, 2003-04 Ukraina Superkubogi (1): 2005-yil
Shaxsiy
Ukraina Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari (1): 2000-01 Ukrainada yilning eng yaxshi futbolchisi (1): 2000-yil Ukraina kubogi to‘purari (3): 2000-01, 2001-02, 2002-03
Manbalar
Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar