Riechedly Bazoer (; 1996-yil 12-oktabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Turkiyaning Konyaspor klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati left|thumb| Bazoer „Ajax“da
Ajax Bazoer 2012-yil 16-noyabrda Erediviziya vakili Ajaxga qoʻshilgan. Premyer-liga vakillar „Arsenal“, „Chelsea“, „Manchester City“ va „Newcastle United“ ga oʻtishi mumkin edi, ammo „Ajax“ bilan shartnoma imzoladi. KNVB qarori tufayli 2012—2013-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynamadi. Oʻrniga Beloften Erediviziyasida Jong Ajax safida oʻynadi.
2013-yil 29-iyun kuni SDC Puttenga qarshi mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida (4:1) „Ajax“ safida debyut qildi. 2015-yilning 15-fevralida Bazoer Twentega qarshi o‘yinda (4:2) „Ajax“ safidagi ilk golini kiritdi. 2015-yilning 19-fevralida Bazoer Legia Warshaw qarshi oʻyinda (1:0) Yevropa ligasida debyut qildi.
VfL Wolfsburg 2016-yilning 14-dekabrida VfL Wolfsburg Bazoer shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Transfer keyingi qishki transferlar oynasida amalga oshirildi. Shartnomaga koʻra 2021-yilning 30-iyunigacha oʻynashi kerak edi. Transfer narxi 12 million yevroga baholangan.VfL Wolfsburg safida 2017-yil 12-fevralda TSG 1899 Hoffenheimga qarshi Bundesliga o‘yinida debyut qildi.
Porto (ijara) 2018-yilning 31-avgustida Bazoer Primeira Liga vakili Portoga bir yilga ijaraga berildi. Bazoer jarohatlar va intizomi yoʻqligi sababli „Porto“ ning birorta liga oʻyinida maydonga tushmadi.
Utrecht (ijara) 2019-yilning 7-yanvaridan mavsum oxirigacha Utrechtda ijara asosida oʻynadi.
Vitesse 2019-yil 12-iyulda Vitessga qoʻshildi. Uch yillik shartnoma imzoladi. Bazoer 2019-yilning 3-avgustida sobiq jamoasi „Ajax“ga qarshi oʻyinda „Vitess“ safida debyut qilgan. Uchrashuvda gol urdi, ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi
AZ Alkmaar 2022-yilning 1-avgustida Bazoer AZga tekinga qoʻshildi va uch yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Yosh Bazoer Gollandiyanining turli yoshlar darajasidagi terma jamoalarida oʻynagan. 2012-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Musobaqada chempionlini qoʻlga kiritgan.
2013-yil 4-yanvar kuni Curaçao Futbol Federatsiyasi Bazoerni Meksikada boʻlib oʻtadigan 2013-yilgi KONKAKAF U-20 chempionatiga Curaçao U-20 jamoasiga chaqirdi. Bazoer Curaçaoda oʻynash huquqi bor edi. Lekin uning agentlari taklifni rad etdi va Bazoer Amsterdamda qoldi.
Professional Bazoer 2015-yilning oktyabr Gollandiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi. 2015-yilning 6-noyabrida Uels va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga ham taklif qilindi. 2015-yilning 13-noyabrida Uelsga qarshi kechgan o‘yinda asosiy tarkibdagi debyutini o‘tkazdi.
Faoliyat statistikasi
+KlubMavsumLigaKubokBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJong Ajax2013—2014Eerste Divisie210——2102014—2015131——131Jami3410000341Ajax2014—2015Eredivisie17110412222015—201629520803952016—2017502130101Jami51651151718Wolfsburg2016—2017Bundesliga12010—1302017—201813010—140Jami2502000270Porto (ijara)2018—2019Primeira Liga00111021Porto B (ijara)2018—2019LigaPro20——20Utrecht (ijara)2018—2019Eredivisie1230020143Vitesse2019—2020Eredivisie22330—2532020—202129550—3452021—202221130120361Jami729110120959Jami faoliyati1901818230123821
Yutuqlari
Xalqaro Niderlandiya U17
17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2012-yil
Individual
Ajax yilning eng yaxshi iqtidorli futbolchisi: 2016
Manbalar
Havolalar
Riechedly Bazoer UEFA.com saytida Riechedly Bazoer OnsOranje saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Kyurasaolik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:USV Elinkwijk futbolchilari Turkum:PSV Eindhoven futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:FC Porto B futbolchilari Turkum:FC Utrecht futbolchilari Turkum:SBV Vitesse futbolchilari Turkum:AZ Alkmaar futbolchilari Turkum:Konyaspor futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Kyurasaolik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Ikki mamlakat terma jamoasida oʻynagan futbolchilar (erkaklar futboli)