Evans Timoti Fosu Fosu-Mensah (1998-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Bayer“ klubi va Gollandiya terma jamoasida yarim himoyachi hamda himoyachi sifatida oʻynaydi. Ilgari Gollandiyaning Ajax klubining yoshlar jamoasi va Angliyaning Manchester United jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Manchester United Amsterdamda tugʻilgan Fosu-Mensah faoliyatini Ajaxda boshlagan, 2014-yilda Angliyaga koʻchib oʻtgan. „Manchester United“ning yoshlar jamoalarida markaziy himoya va markaziy yarim himoya kabi amplualarida o‘ynagan. 2016-yilning 28-fevralida chap qanot himoyachisi sifatida Arsenalga qarshi o‘yinda (3:2) debyutini o‘tkazdi.

2016-yilning 19-oktabr kuni United bilan 4 mavsumlik shartnoma imzoladi. Shartnomani bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud edi.

Crystal Palace (ijara) 2017-yilning 10-avgustida Fosu-Mensah Crystal Palacega mavsumiy ijara asosida qo‘shildi. Ikki kundan so‘ng 2017-yilning 12-avgustida Huddersfield Townga qarshi o‘yinda „Palace“da debyut qildi, klub 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fulham (ijaraga) 2018-yilning 9-avgustida Fosu-Mensah Fulhamga mavsumiy ijara asosida o‘tdi. 2018-yilning 18-avgustida „Fulham“ safida Premyer-ligada „Tottenham“ga qarshi o‘yinda (3:1) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 2019-yilning 13-aprelida tizzasidan jarohat oldi.

Unitedga qaytish 2018—2019-yilgi mavsum oxirida Fosu-Mensah „United“ safiga qaytdi.

2020-yil 16-iyulda „United“ safida sobiq jamoasi „Crystal Palace“ga qarshi maydonga tushdi.

Bayer Leverkusen 2021-yilning 13-yanvarida „Manchester United“dan „Bayer“ ga o‘tdi. 2021-yil 28-fevralda tizzasidan yana jarohat oldi va shu bilan Fosu-Mensah uchun 2020—2021-yilgi mavsum yakunlandi.

Xalqaro faoliyati Fosu Mensah Gollandiyaning 15 yoshgacha, 16 yoshgacha, 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida oʻynagan. Ota-onasi ganalik boʻlgani uchun Gana terma jamoasida oʻynash huquqiga bor edi. 2017-yil 28-avgust kuni Fransiya va Bolgariyaga qarshi JCh-2018 saralashida Gollandiya milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi. Fosu-Mensah Gollandiya terma jamoasi safida ilk marta 2017-yilning 31-avgustida Fransiyaga qarshi o‘yinda (4:0) asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Shaxsiy hayoti Fosu-Mensah futbolchi Alfons va Paulning ukasi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarManchester United2015—2016Angliya Premyer-ligasi80200000—1002016—201740201040001102017—20180000000000002018—201900000000—002019—202030100020—602020—202110000020—30Jami16050108000300Crystal Palace (ijara)2017—2018Angliya Premyer-ligasi2101020——240Fulham (ijara)2018—2019Angliya Premyer-ligasi1200010——130Bayer Leverkusen2020—2021Bundesliga6010—00—702021—20226000—20—802022—20237000—30—100Jami19010005000250Jami faoliyati680704013000920

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2017 2 0 2018 1 0 Jami 3 0

Yutuqlari Manchester United

Angliya kubogi: 2015—2016 UEFA Yevropa ligasi: 2016—2017

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar