Veda adabiyoti.
Vedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Ular turli tarixiy bosqichlardagi matnlarni o‘zida jamlagan (hind tarixchilaridan A.Ch.Banerji va N.K.Sinxa Veda adabiyotining milod dan avvalgi 2500 yildan 500 yillargacha yaratilganligini ta’kid lashgan). Hozir ham hindlar tug‘ilish, o‘lish yoki nikox to‘yi munosabati bilan diniy marosimlarni qadimgi veda urf-odatlari bo‘yicha o‘tkazishadi. Braxmanlarning har kuni uch mahal qiladigan toat-ibodatlari ikki yoki uch ming yil ilgari yaratilgan vedalardan kelib chiqqan. Vedalar davridan keyin rivojlangan sanskrit adabiyotining katta qismi vedalarga tayanadi. Hind falsafiy tizimlarining negizida Vedalar ta’limoti yotadi. Hindlarning an’anaviy huquqiy munosabat-lari, xo‘jalik va diniy urf-odatlari va marosimlari bugungi kungacha vedalarga asoslangan holda kelmoqda.
Veda adabiyotining tarkibiga to‘rt toifadagi asarlar kiradi: Samxitlar, ya’ni madhiyalar, toat ibodatlar, qurbonliklar qilish duolari va boshqalar. Vedalarning to‘rtta to‘plami mavjud: 1. Rigveda (mad hiyalar devoni) eng qadimgi va eng muhim to‘plamdir. Ular miloddan avvalgi XI-X asrlarga tegishlidir. U 1028 madhiyadan (sukt) iboratdir. Ba’zi madhiyalar qadimdan marosim duolari sifatida xizmat qilgan, ammo boshqacha marosimlar ham bor. Bular samoviy va to‘y madhiyalaridir.
Ikkinchi madhiyalar to‘plami Atxarvavedadir. Hozirgi kunda u 731 madhiyadan iborat va 20 kitobga bo‘lingan. Bu acap Rigvedaga qaraganda keyinroq yaratilgan va son-sanoqsiz ruhlar, jinlar va sehrli kuchlarga e’tiqod haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Olim larning fikricha, u etnografiya va din tarixi uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi.
Uchunchi to‘plam – Samaveda (ashulalar devoni)dir. U 1549 madhiyadan iborat. Bu madhiyalar qurbonlik qilish marosimida aytilgan.
To‘rtinchi to‘plam - Yajurveda (qurbonlik va xayr-ehsonga te gishli tilovatlar devoni). U qisman madhiyalar va nasriy parcha (jur)lardan iborat.
Braxmanlar yoki nasriy matnlar. Braxmanlar yoki nasriy matnlar urf-odatlar va qurbonlik marosimlariga oid duolardan iborat. Rigvedaga oidlik braxmanlardan Aytaree braxman va Kashutaki braxman alohida ahamiyat kasb etadi.
Aranyaklar yoki o‘rmon kitoblari. Bular shunchalik muqaddas hisoblanganki, ularni faqat o‘pmonda (aranya) o‘qishga ruxsat beril gan. Ularda falsafiy mulohazalar, majoziy marosimlar va saxiylarning sirlaridan bahs etiladi. Aranya o‘rmonda hayot kechirayotgan zohidlar uchun yozilgan bo‘lishi mumkin. Bu acaplarda qurbonlik keltirish marosimlari asta-sekin keyingi o‘ringa o‘tib, ularning o‘rnini haqiqat va tabiat haqida falsafiy mulohaza va tafakkurlar egallagan.
Upanishadlar va ularning ta’limoti. Veda adabiyotining xotima qismi upanishadlar, ya’ni veda rivoyatlari va marosimlaridagi har xil falsafiy va diniy-falsafiy sharhlarni jamlovchi matnlar yig‘indisidir. Upanishadlar «vedanta» - vedalarning nihoyasi deb atalgan. Taxminlarga ko‘ra, 108 upanishadlar bo‘lib, ularning eng qadimgisi miloddan avvalgi VII-IV asrlarda yaratilgan 13 matn asosiy hisoblangan.
Upanishadlar keyinchalik jaynizm va buddizmda ham o‘z ifo dasini topgan karma aqidasini shakllantirgan. Bunga ko‘ra dunyodagi barcha narsalar axloq qonuniga itoat etadi. Har bir narsaning joni bor, bu jon tug‘iladi va vaqti kelib o‘ladi, so‘ng jon tiriklik paytida qilgan yaxshi va yomon amallariga yarasha boshqa bir shaklda qayta na moyon bo‘ladi. Odam tiriklik paytida yaxshi xulq-atvorga zid xatti-harakat qilgan bo‘lsa, keyin biror jonivor, o‘simlik yoki tosh ko‘ri nishida qaytadan tug‘iladi, ammo ezgu ishlar, xushfe’lligi bilan u yana inson qiyofasiga qaytishi ham mumkin. Jon jannat quvonchlaridan bahramand bo‘lishi yoki do‘zax qa’riga tashlanishi mumkin. Upa nishadlarda karma haqidagi ta’limot - sansar, ya’ni falak gardishi singari hayotning hamisha aylanib turishi haqidagi fikr bilan bog‘liq. Shu ikki tushuncha, ya’ni karma bilan sansar Hindistondagi ko‘pgina diniy-falsafiy tizimlarning tarkibiy qismiga kirgan. Jumladan, upa nishadlardagi ba’zi qarashlar keyinchalik buddizm va jaynizmda ham o‘z ifodasini topgan.
Shuni ta’kidlash joizki, birorta xalq qadimgi hindlar singari ibtidoiy jamoa davridan to sivilizatsiya davrigacha vedalarga o‘xshash ko‘p yodgorliklar qoldirgan emas. To‘rt ming yildan ortiq davr ichida vedalarni braxmanlarning yuzlab avlodlari o‘z xotiralarida saqlab kelishgan va nihoyat yozma ravishda tarix uchun yodgorlik sifatida qoldirishgan.
Hindshunos olim V.G.Erman “Veda adabiyoti tarixi ocherklari” da vedalarning ustozdan shogirdga og‘zaki ravishda o‘tganligini ta’kidlaydi. Darvoqe, Hindistonda hozirgacha vedalarni yoddan bilish odati saqlanib qolgan.
Epik adabiyot.
Qadimgi Hindistonning eng katta epik dostonlari «Maxabxarat» bilan «Ramayana» miloddan avvalgi I ming yillik oxiri-milodiy I asrda shakllangan. «Maxabxarat»da pandaviylar bilan kuraviylar o‘rtasida Kurukshetra maydonida 18 kun davom etgan jang haqida hikoya qilinadi. “Ramayana”da yovuz jin - Ravan tomonidan Lanka oroliga zo‘ravonlik bilan olib ketilgan podsho Ramniig sev gilisi Sitani qutqarish uchun Ramni shu orolga qilgan yurishi to‘g‘ risida so‘z boradi. Bir qator olimlarning fikricha, “Ramayana”da hinduoriylarning shimoldan uzoq Lanka (hozirgi SHri-Lanka)ga kirib borishi haqidagi tarixiy fakt o‘z ifodasini topgan. Ikkala doston ham yirik asar hisoblanadi: «Maxabxarat» 100 000 bayt (shlok), «Ramayana» esa 24 000 shlokdan iborat.
“Maxabxarat”ning muallifi donishmand Vyase, “Ramayana”ning muallifi esa Valmike ekanligi ta’kidlanadi. Ammo, hozircha olimlar bu ikki shoir hayoti haqida aniq bir ma’lumot keltira olmaganlar. Valmike ham, Vyase ham shunchalik ma’lum va mashhur edilarki, xalq ularning nomlarini asrlar bo‘yi saqlab kelgan. Ikkala asar ham qadimgi Hindistonning o‘ziga xos yodgorligi va ma’naviy qomusidir. Bularda qadimgi Hindistonning siyosiy, madaniy, ijtimoiy hayoti, davlat tuzumi, qadimgi hindlarning kundalik turmushi to‘g‘risida qizi qarli va diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. Hindistonning hozirgi hu dudi, shuningdek qadimgi Hindiston hududida bu asarga teng kela digan boshqa asarlar bo‘lmagan. Qadimda ham Sharqiy va Janubiy Osiyoda, Uzoq va Yaqin Sharqda bu asarlarning ahamiyati beqiyos edi. Ular Yevropa tillariga ham tarjima qilingan. Bu asarlar ko‘plab adabiyot, san’at va bir qancha hind arboblarini shu asarlar mazmuniga hamohang bo‘lgan yangi asarlarni yaratishga ilhomlantirgan.
“Maxabxarat”da hikoya qilingan urush taxminan miloddan avvalgi 1100 yili bo‘lib o‘tgan. So‘nggi vedalar davrida Keru eng buyuk oriy qabilalaridan hisoblangan. Xastinapur va Indraprastxa esa tarixiy sha harlar bo‘lgan. Kosala uzoq vaqt mobaynida qadimgi Hindistonning buyuk davlatlaridan biri sanalgan. «Ramayana»ning syujeti ham olimlar fikricha, tarixiy haqiqatga mos keladi. Faqat Hindistonda emas, butun Sharqda bunchalik keng shuhrat qozongan doston bo‘lmagan. Bu asarlar Sharq va G‘arbda Betxoven, Xeyns, Gandi va Tagor kabi mashhur madaniyat arboblarini o‘ziga maftun qilgan.
Ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Veda matnlari asosida ve dalar davridagi ilmiy bilimlar rivojlanganligini kuzatish mumkin. Veda ma’lumotlarida matematika ilmining rivojlanishi haqida ma’ lumotlar saqlanib qolgan.
Shulpasutralar, ya’ni o‘lcham qoidalari to‘plami ham alohida qiziqish uyg‘otadi. Shulpasutralarda turli shakllarning tuzilishi, hisob lash tizimlari haqida bayonlar o‘rin olgan. U davrda tibbiyot ham yuqori darajada rivojlangan. Hindlarning tibbiyot sohasidagi bilimi chuqur bo‘lgan. Har-xil giyohlar, suv, maxsus malhamlar va sehrli duolar yordamida qadimgi hindlar ko‘p kasalliklarni davolaganlar. Ilk veda asarlarida berilgan ma’lumotlarga qaraganda u davrda tabib (bxishaj)lar ko‘p bo‘lgan. "Atxarvaveda"da tibbiyot to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilgan. Qadimgi hindlar kasalliklarni xudoning g‘azab lanishi bilan bog‘lab, insonning xastalikdan sog‘ayib ketishini uning rahmdilligidan deb bilganlar. Qadimgi shifokorlar yurak, oshqozon, ko‘z, teri va o‘pka kasalliklarini bilishgan va tuzatishgan. Matnlarda 300 ga yaqin odam tanasi a’zolari haqida ma’lumotlar qayd etilgan.
Vedalar davridagi hindlar astronomiyani ham yaxshi bilganlar.
Ular nafaqat Quyosh bilan Oy, balki sayyoralar va yulduzlarni ham yaxshi o‘rganishgan. Qadimgi hindlar taqvim - kalendarlar ham tuz ganlar. Mazkur taqvimda bir yil 12 oy, bir oy 30 kunga bo‘lingan.
Uzoq vaqt davomida olimlar “oriy muammosi”ning turli masa lalari bo‘yicha bahs olib bormoqdalar. Ular hind-oriy qabilalari qachon, qaerdan va qanday yo‘l bilan Hindistonga kelganligiga oy dinlik kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishgan. Hozirda ham oriylarning vatani haqidagi masala bahsli muammolardan bo‘lib kel moqda. Hind-oriylarni Hindistonga kirib kelishini ba’zi olimlar qoloq tub aholini taraqqiyotning yuqori darajasida turgan oriylar tomonidan zabt etilganligidan deb tushunadilar. Oriylar Hindistonga madaniyat (tamaddun) olib kelishgan va rivojlangan jamiyatni shakllantirganlar. Irqiy nazariya tarafdorlari bu muammoga irqiy farqni ham kiritib, bunda ular Hindiston xalqlari va irqiy jihatdan to‘laqonli bo‘lgan oriylar o‘rtasida farq borligini ta’kidlab, tub aholi mustaqil rivoj lanishining imkoniyatini inkor etganlar. Mazkur ilmga qarshi ishlab chiqilgan nazariyalar tufayli Hindistonga oriylar kirib kelganida sinfiy jamiyat paydo bo‘lib, davlat tashkil topganligi ta’kidlanadi.
Rivojlangan tamaddunning Hind vodiysida kashf etilishi ko‘plab olimlarni o‘z nuqtai nazarlarini qayta ko‘rib chiqishga majburlagan, biroq bu nazariyaning “izlari” hozirgacha ham saqlanib qolgan.
Hind vodiysida rivojlangan tamaddunning kashf etilishi aksariyat olimlarning o‘z nuqtai nazarlarini o‘zgartirishga olib keldi, biroq bu “nazariyachilar”ning ta’siri hozirda ham sezilmoqda. Faqat qadimgi eronlik va qadimgi hind va hind-oriylarning o‘zini oriylarga mansub deb topish mumkin: ular o‘zlarini oriy deb nomlab, yashagan hududlarini “oriylar mamlakati” deb atashgan. “Oriy” so‘zining o‘zi “achua” (ari) so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, bu so‘z vedalar davrida “o‘zga yurtlik”, “o‘zga inson” ma’nosini anglatgan, oriy esa “o‘zga yurtliklar bilan bog‘liq, ular bilan yaxshi munosabatda”, keyinchalik esa “kelib chiqishi oliyjanob bo‘lgan inson” ma’nolarini anglatgan. Afsuski, hozirgacha ham Hindistonning qaysi hududida hind-oriylar ilk bor paydo bo‘lganligi haqidagi savolga javob topa olishmayapti.
Ayrim olimlarning fikriga qaraganda, ular Erondan, ba’zilari esa ularning Shimoliy Belujiston va Afg‘onistondan kelganligini ta’kid lashadi. Ikkinchi nuqtai nazar to‘g‘riroqqa o‘xshaydi, hind-oriylarning yozma matnlariga ko‘ra ularning Sharqiy Panjob va Gang daryosining yuqorisida istiqomat qilganliklari aytiladi. Bu hind-oriy qabilalarining Xarappa tamaddunining bosh shaharlari bilan hududiy jihatdan bog‘liq emasligidan dalolat beradi, xronologiya ma’lumotlari esa Hindistondagi markazlarning barbod bo‘lishi va Hindistonga hind-oriylarning kirib kelishi o‘rtasidagi vaqtda uzilish yuz berganligidan darak beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Xarappa markazlarining barbod bo‘lishi mil.avv. XIX-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi, hind-oriylarning kirib kelishi esa ancha keyin yuz bergan.
Aksariyat zamonaviy olimlarning fikricha, Hind-oriylarning eng qadimgi “rigveda” yodgorligi mil.avv. XI-X asrga mansub (bunda madhiyalarni yagona to‘plamga birlashishi nazarda tutiladi). Veda matnlari va ba’zi arxeologik materiallar oriy qabilalarining Sharqqa kelishi hamda Gang vodiysini o‘zlashtirishi haqida ma’lumot beradi. Bu bir necha asr mobaynida kechgan uzoq muddatli jarayon edi. U davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lgan. Bundan tashqari oriy qabilalari ham o‘zaro urushlar olib borganlar.