Theodorus Martinus Maria „Teo“ Lucius (; 1976-yil 19-dekabrda tugʻilgan) – gollandiyalik sobiq professional futbolchi. Oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachi sifatida harakat qilgan.
Oʻzining 16 yillik professional faoliyatining asosiy qismini PSV bilan oʻtkazdi, klub bilan toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritdi. Xususan, toʻrt martta Erediviziya chempioni boʻldi. Musobaqada 254 oʻyinda qatnashib 17 gol urdi.
Klublardagi faoliyati
Den Bosch Lucius Shimoliy Brabantning Vegel shahrida tugʻilgan. Besh yoshida futbolchilik faoliyatini havaskor VV Heeswijkda boshladi, sakkiz yildan soʻng BVV Den Boschga qoʻshildi. Ampluasini hujumchidan yarim himoyachiga oʻzgartirdi. 15 yoshidan duradgorlik bilan ham shugʻullangan va beton zavodida qoliplar yasagan.
PSV 1998-yilgi mavsumdan keyin, FC Utrecht, AZ va PSV Eindhoven klublari qiziqish bildirdi. Lucius Bobby Robson boshqaradigan klubga oʻtdi. Birinchi mavsumida klub bilan 25 oʻyin oʻtkazdi va Gollandiya Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Feyenoord va keyingi yillar Lucius 2006—2007-yilgi mavsumda Feyenoordga oʻtdi va 27 oʻyinda beshta gol urdi. Bu faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkich boʻlib qoldi. De Kuip stadioni egalari ligada yettinchi oʻrinni egalladi.
2009-yil iyun oyida uning Rotterdam klubi bilan shartnomasi tugadi. 2010-yilda bir mavsum Groningen klubida oʻynadi.
2010-yil iyul oyida, qariyb 34 yoshida, Lucius nihoyat Den Boschga qaytdi. Mavsum oxirdida FC Eindhovenga oʻtdi. Bir yildan soʻng RKC Waalwijkga jamosiga qoʻshildi. Biroq kam maydonga tushganligi sababli atigi bir oydan soʻng klubni tark etdi va keyingi transfer oynasida avvalgi klubiga qaytdi.
Xalqaro faoliyati 2005-yil 4-iyunda Lucius Marco van Basten boshchiligidagi Gollandiya terma jamoasi bilan 2006-yilgi Jahon chempionati saralashida Ruminiyaga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan. Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarClubSeasonLigaKNVB kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarDen Bosch1996—1997Eerste Diviziya344--3441997—1998Eerste Diviziya334--334Jami6780000678PSV1998—1999Erediviziya25160103212000—2001Erediviziya17191002622001—2002Erediviziya231100103412002—2003Erediviziya14040001802003—2004Erediviziya22462002862004—2005Erediviziya2211050-2812005—2006Erediviziya210005010270Jami1448104533019311Utrecht (loan)1999-2000Erediviziya32300-323Feyenoord2006—2007Erediviziya2750041203362007—2008Erediviziya29150--3412008—2009Erediviziya180103000220Jami746607120897Groningen2009—2010Erediviziya4000-1050Den Bosch2010—2011Eerste Diviziya24010-10260FC Eindhoven2011—2012Eerste Diviziya25320-10283RKC Waalwijk2012—2013Erediviziya0000--00FC Eindhoven2012—2013Eerste Diviziya12000--120Kozakken Boys2013—2014Topklasse16030--190 Jami faoliyati398281305248047132
Yutuqlari PSV
Erediviziya: 2000—2001, 2002—2003, 2004—2005, 2005—2006 KNVB kubogi: 2004—2005; Ikkinchi oʻrin 2000—2001, 2005—2006 Johan Cruyff Shield: 1998, 2000, 2001, 2003; Ikkinchi oʻrin 2002, 2005
Feyenoord
KNVB kubogi: 2007—2008 Johan Cruijff Shield: Ikkinchi oʻrin 2008-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:FC Den Bosch futbolchilari Turkum:PSV Eindhoven futbolchilari Turkum:FC Utrecht futbolchilari Turkum:Feyenoord futbolchilari Turkum:FC Groningen futbolchilari Turkum:FC Eindhoven futbolchilari Turkum:RKC Waalwijk futbolchilari Turkum:Kozakken Boys futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari