Jang So-yeon (koreyscha: 장소연; 1980-yil 28-yanvarda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa. Sukmyung Xotin-qizlar universitetining ingliz va xitoy tillari fakulteti bitiruvchisi. So-yeon 2001-yilda ilkbor aktyorlik rolini ijro etgan. Oʻshandan beri u koʻplab spektakllar, filmlar va teleseriallarda rol ijro etadi. U „My Father Is Strange“ (2017), „Something in the Rain“ (2018) va "Crash Landing on You (2019) filmlaridagi rollari bilan tanilgan. So-yeon „Veteran“ (2015) va „Peninsula“ (2020) kabi filmlarda rol oʻynagan.

Faoliyati Jang So-yeon Sukmyung Xotin-qizlar universitetining ingliz va xitoy tillari fakultetini tamomlagan. U „Yeonwoo Stage“ teatr kompaniyasining aʼzosi. „My Lawyer, Mr. Jo“ (2016), „While You Were Sleeping“ (2017), „The Secret Life of My Secretary“ (2019) va „Welcome 2 Life“ (2019) filmlarida rol ijro etgan.

So-yeon 2018-yilda JTBC telekanalida efirga uzatiluvchi „Something in the Rain“ serialida Seo Kyung-son rolini ijro etgan, bu ijrosi uchun u „6th APAN Star“ mukofoti taqdimotida „eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasini qo‘lga kiritgan.

2019 — 2020-yillarda tvN telekanalida efirga uzatiluvchi, Janubiy Koreya televideniyesi tarixida eng yuqori reytingli uchinchi drama boʻlgan „Crash Landing on You“ romantik dramasida Shimoliy Koreyalik uy bekasi Xyun Myon Sun rolini o‘ynagan. U rolni oʻzining tabiiy Shimoliy Koreya lahjasi bilan ijro etganligi uchun yuqori baholangan.

2021-yilda Jang JTBC telekanalida efirga uzatiluvchi „Missing Child“ filmida 11 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan bolaning onasi Kang Mi-ra roli ijrosi uchun eʼtirof etilgan.

Jang 2022-yilda chiqarilishi kerak boʻlgan JTBC’ning „Forecasting Love and Weather“ romantik dramasida rol ijro etmoqda va „Disney+“ ilmiy-fantastik trilleri „Grid“ filmida Choy Seon-ul rolini oʻynamoqda.

So-yeon 25 yil davomida kotibiyat direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib keladi. U sentyabr oyida „Clover“ kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

Filmografiyasi

Filmlari YilNomiRoli2001Take Care of My Cat2002DesireSoyeon2005Red EyeJoo-mi2006Over the Border2006Seducing Mr. Perfect2007Unstoppable Marriage2007Going by the Book2-sharxlovchi2008CrossingShimoliy Koreya defektori2008My Dear EnemyEun-jeong2009Castaway on the MoonSeong-geunning sevgilisi200919-NineteenYoo Eun-hye2010Wedding Dress2010The Yellow SeaDo-man mehmonxonasining ishchisi

Teleseriallari YilNomiRoliIzohlar2007Behind the White TowerYoo Mi-ra2009Queen Seondeok2010Dong YiGeum-hong2010KBS Drama Special — „Last Flashman“Dong-cheol1-mavsum, 13-epizod2011Special Affairs Team TENIm Yoo-kyeong2012How Long I’ve KissedYoon Mi-rae2014Secret AffairAhn Se-jin2015Heard It Through the GrapevineMin Joo-young2015The Village: Achiaraʼs SecretKang Joo-hee2016My Lawyer, Mr. JoChoi Ah-rim2016EntourageJo Tae-young2017My Father Is StrangeLee Bo-mi2017While You Were SleepingDo Geum-sook2018Goodbye to GoodbyeJeong Hyoʻs onasi2018Something in the RainSeo Kyung-seon2018Heart SurgeonsKang Eun-sook2019Touch Your HeartYang Eun-ji2019The Secret Life of My SecretaryLee Eul-wang2019Welcome 2 LifeBang Young-suk2019Crash Landing on YouHyun Myeong-sun2020The Game: Towards ZeroYoo Ji-won2021Drama Festa — Missing ChildKang Mi-ra2022Forecasting Love and WeatherLee Hyang-rae2022GridChoi Sun-wool

Manbalar

Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar