Gerald Mervin Vanenburg (1964-yil 5-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.
Vanenburg Erediviziyada jami 372 oʻyin oʻtkazgan. Ajax va PSV klublarida 112 ta gol urgan. Keyingi 20 yillik professional faoliyatida Yaponiya, Fransiya va Germaniya jamoalarida oʻynadi.
Vanenburg Gollandiya terma jamoasi safida 40 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1990-yilgi Jahon chempionati va 1988-yilgi Yevro-1988 musobaqalarida qatnashgan
Klublardagi faoliyati
Ajax Utrextda tugʻilgan Vanenburg AFC Ajaxda Erediviziyadagi debyutini 17 yoshga toʻlganidan roppa-rosa bir oy oʻtib, ADO Den Haagga qarshi oʻyinida oʻtkazdi. Oʻzining birinchi mavsumini 11 oʻyin va uchta gol bilan yakunladi
Vanenburg koʻp oʻtmay amsterdamliklarning asosiy himoyachisiga aylandi. Klub ketma-ket milliy chempionatlarda gʻalaba qozongan ikki mavsumda 30 ta gol kiritdi.
PSV Vanenburg 1986—1987-yilgi mavsumda PSV Eindhoven klubi bilan shartnoma imzoladi. Oʻzining birinchi mavsumida 34 ta oʻyinda 9 ta gol urdi. Keyingi mavsumda jamoa bilan treblni qoʻlga kiritdi. Himoyachi yevrokubok finalida maydonga tushdi va SL Benficaga qarshi penaltilar seriyasida gol urdi.
Chet elda 29 yoshida Vanenburg Jubilo Ivataga oʻtdi. Kelgan mavsumida klub J1 ligasiga chiqidi. 1996—1997-yilgi mavsumni Utrecht klubida tugatdi.
Vanenburg yana uch yil AS Kann (Fransiya) va TSV 1860 Munich (Germaniya) jamoalarida oʻynadi. 2000-yilda 36 yoshida nafaqaga chiqdi.
Xalqaro faoliyati Vanenburg 1982-yil 14-aprelda atigi 18 yoshida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qildi. Eyndxovenda Gretsiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. Vanenburg 1983-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Gollandiya sharafini himoya qildi.
Vanenburgni murabbiy Leo Beenhakker ham 1990-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibi uchun tanlaganNetherlands — Egypt 1-1 (0-0); Planet World Cup, 12 June 1990. Terma jamoadagi soʻnggi ishtiroki 1992-yil 14-oktyabrda Rotterdamda boʻlib oʻtgan 1994-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida Polshaga qarshi oʻyinda (2:2) boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati 1860 Munichni tark etgach, Vanenburg PSVga qaytib keldi va klubda yoshlar jamoasining menejeri etib tayinlandi. Ammo bu vaqt oraligʻida 2004-yil aprel oyidan boshlab, uch oy davomida sobiq TSV klubini boshqargan.
2006—2007-yillarda Vanenburg Eerste diviziyasida Helmond Sportni boshqargan va 2007-yil 17-fevralda ishdan boʻshatilgan. Keyingi yilning 1-yanvarida FC Eindhovenga murabbiy etib tayinlandi
Faoliyat statistikasi
Klubda +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAjax1980—1981Erediviziya1131131981—1982321332131982—1983331733171983—19843473471984—1985291229121985—198634123412Jami1736417364PSV1986—1987Erediviziya3493491987—19883413411988—1989341034101989—19902162161990—1991291129111991—19921971971992—1993284284Jami1994819948Yamaha Motors1993Football League00104252Júbilo Iwata1994J1 Liga4381040488199521121 -232199622500123348Jami86143116310518Utrecht1996—1997Erediviziya9292Cannes1997—1998Liga 12662661860 Munich1998—1999Bundesliga27220-2921999-200016010-170Jami4323000462Jami faoliyati53613671205563142
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 1982-yil 4 0 1983-yil 5 1 1984-yil 0 0 1985-yil 0 0 1986-yil 4 0 1987-yil 7 0 1988-yil 10 0 1989-yil 4 0 1990-yil 6 0 1991-yil 1 0 1992-yil 1 0 Jami 42 1
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gollandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Vanenburg golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
+Gerald Vanenburg tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1983-yil 17-dekabr De Kuip, Rotterdam, Niderlandiya 1—0 5—0 Yevro-1984 saralashi
Yutuqlari Ajax
Eredivizion: 1981—1982, 1982—1983, 1984—1985 KNVB kubogi: 1982—1983, 1985—1986
PSV
Yevropa kubogi: 1987—1988 Eredivizion: 1986—1987, 1987—1988, 1988—1989, 1990—1991, 1991—1992 KNVB kubogi: 1987—1988, 1988—1989, 1989—1990 Johan Cruyff Shield: 1992
Niderlandiya
UEFA Yevropa chempionati: 1988-yil
Individual
Gollandiya oltin butsasi: 1988, 1989
Manbalar
Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar