Iris pseudacorusLeast Concern  (IUCN 3.1)Ilmiy tasniflashO‘simliklarYuksak oʻsimliklarGulli oʻsimliklarBir urugʻpallalilarAsparagalesGulsapsardoshlarIrisIris subg. LimnirisIris sect. LimnirisIris ser. LaevigataeI. pseudacorusBinar nomiIris pseudacorusL.Sinonimlar Iris acoriformis Boreau Iris acoroides Spach Iris bastardii Boreau Iris curtopetala F. Delaroche Iris curtopetala F. Delaroche ex Redoute Iris flava Tornab. Iris lutea Lam. Iris pallidior Hill Iris paludosa Pers. Iris pseudacorus var. acoriformis (Boreau) Nyman Iris pseudacorus subsp. acoriformis (Boreau) K.Richt Iris pseudacorus var. acoroides (Spach) Baker Iris pseudacorus var. bastardii (Boreau) Nyman Iris pseudacorus subsp. bastardii (Boreau) K.Richt. Iris pseudacorus var. citrina Hook. Iris pseudacorus f. longiacuminata Prodán Iris pseudacorus f. nyaradyana Prodán Iris pseudacorus var. ochroleuca Peterm. Iris pseudacorus f. submersa Glück Iris sativa Mill. Limnirion pseudacorus (L.) Opiz Limniris pseudacorus (L.) Fuss Moraea candolleana Spreng. Pseudo-iris palustris Medik. Vieusseuxia iridioides F.Delaroche Xiphion acoroides (Spach) Alef. Xiphion pseudacorus (L.) Schrank Xyridion acoroideum (Spach) Klatt Xyridion pseudacorus (L.) Klatt Iris pseudacorus, sariq bayroq, sariq iris yoki suv bayrogʻi, Gulsapsardoshlat oilasiga mansub gulli oʻsimliklarning bir turi. Uning vatani Yevropa, Gʻarbiy Osiyo va shimoli-gʻarbiy Afrika. Uning binar nomi pseudacorus „soxta akorus“ degan maʼnoni anglatadi, bu uning barglari Acorus calamus (shirin bayroq) barglariga oʻxshashligini anglatadi. Biroq, bu ikki oʻsimlik bir-biri bilan bogʻliq emas. Gul odatda fleur-de-lis bilan bogʻliq.

Tavsif thumb| Gul kurtaklari thumb| Urugʻlar Bu tur gulli koʻp yillik oʻsimlik bo‘yi gacha oʻsadi, kamdan-kam hollarda gacha o‘sishi mumkin. Gullari yorqin sariq, uzunligi . Meva uzunligi quruq ko‘sak, ichida koʻp sonli och jigarrang urugʻlari bor.

I. pseudacorus juda nam sharoitda yaxshi oʻsadi va suv botqoqliklarida keng tarqalgan boʻlib, u suv ostida, past pH va anoksik tuproqlarga chidamli. Oʻsimlik ildizpoyalari va urugʻlari bilan tez tarqaladi. U qo‘g‘aga oʻxshab sayozroq suvda. Bu o‘simlik suvda o‘suvchi bo‘lsa ham, ildizpoyalari uzoq vaqt quruq sharoitda saqlanishi mumkin.

I. pseudacorus — Buyuk Britaniyadan kelib chiqqan ikki xil iris turlaridan biri, ikkinchisi — Iris foetidissima (hidlangan iris).

Gulbarg ham poyasi ham hayvonlar va o‘simliklar uchun zaharli hisoblanadi. 

Kultivatsiya U moʻtadil iqlimli hududlarda manzarali oʻsimlik sifatida keng o‘stiriladi, botqoq bogʻini yaratish uchun bir nechta navlari tanlangan. Quyidagi navlar Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻldi:

„Roy Devidson“ „Variegata“ (barglari chuqur oq chiziqlar bilan oʻralgan)

Maʼlum boʻlgan boshqa navlar orasida; Alba (och krem gulli) va Golden Fleece (toʻq sariq gulli).

Ilgari u suv ko‘p boʻlgan Malta orolida Mdina shahrining ariqlarida oʻsgan, ammo ariq taʼmirlanganidan keyin bu hududdan yoʻqolgan.

Invaziv turlar Baʼzi hududlarda (jumladan, AQSh va Janubiy Afrikada) o‘simlik invaziv tur hisoblanadi. Qayerda invaziv tur sifatida qayd qilingan bo‘lsa, uni yo‘qotish qiyin. Hatto ildizpoyalarni yig‘ib olish ham koʻpincha samarasiz boʻladi. Baʼzi hududlarda ekish taqiqlangan, ammo baʼzida bogʻlarda foydalanish uchun sotiladi.

Iris pseudacorus Konnektikut, Delaver, Merilend, Nyu-Xempshir, Shimoliy Karolina, Oregon, Tennessi, Virjiniya, Vermont, Vashington, Viskonsin va Gʻarbiy Virjiniya shtatlarida invaziv tur hisoblanadi. +AQShda tarqalishi Shtat/viloyat Birinchi marta topilgan IL 2009-yil IN 1982-yil MI 1932-yil MN 2008-yil NY 1882-yil OH 2013-yil PA 1954-yil VT 1909-yil WI 2005-yil

Toksiklik va foydalanish Oʻsimlikning ildizlari va barglari zaharli hisoblanadi.

Bu oʻsimlik suvni tozalashda ishlatilgan, chunki u oʻz ildizlari orqali makronutrientlarni (masalan, azot va fosfor) oʻzlashtira oladi.

Shuningdek, u suvdagi yuqori shoʻrlanish darajasiga bardosh bera oladi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Osiyo bog‘ o‘simliklari Turkum:Yevropa o'simliklari Turkum:Yevropa bog‘ o‘simliklari Turkum:Afrika o‘simliklari