Jostein Flo (; 1964-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Odatda markaziy hujum ampluasida harakat qilgan boʻlsa-da, o'ng qanotda o'ynay olar edi.

Faoliyati Klublarda Flo odatda markaziy hujumchi sifatida o'ynagan. Norvegiya terma jamoasida hujumchi sifatida maydonlarga tushgan, lekin Norvegiyaning sobiq bosh murabbiyi Egil Olsen qo'llagan taktika uchun o'ng qanotda o'ynagan. 4-5-1 sxemasida o'ynab, Floga chap qanotda ko'pincha markaziy yarim himoyachilardan biriga yoki hujumchilarga kross zarbalar uzatgan. Bunday uzatma Flo Pass nomi bilan tanilgan.

Flo Stryn, Sogndal, Molde FK, Lierse SK, Sheffild United FC va Strømsgodset IF klublarida o'ynagan. Norvegiya terma jamoasi safida 53 ta oʻyinda o'ynagan va 11 gol urgan. 1994- va 1998-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida o'z mamlakati sharafini himoya qilgan. Milliy terma jamoadagi eng mashhur o‘yini 1998-yil 23-iyun kuni Braziliyaga qarshi Jahon chempionati uchrashuvida boʻlgan. O‘shanda zaxiradan maydonga tushib, 0:1 hisobiini so‘nggi daqiqalarda 2:1 hisobiga keltirishda katta hissa qo‘shgan.

Flo "Stromsgodset" safida 184 o'yinda 120 gol urgan. 2002-yilgi mavsumdan so'ng iste'foga chiqdi. O'zining futbolchilik faoliyatidan so'ng 2004-yil oktyabridan 2006-yil yanvarigacha marketing bo'yicha ishlagan, keyinroq Strømsgodset ijrochi direktor lavozimini egalladi.

Shaxsiy hayot Flo futbolchilar oilasidan. Akasi Kjell Rune Moldeda o'ynagan. Boshqa akalari Tore André, Chelsea va Rangersda o'ynagan. Jarle Flo ismli akasi Norvegiyaning Sogndal aʼzosi boʻlgan . Amakivachchasi Håvard Flo Sogndal, AGF, SV Verder Bremen va Wolverhampton Wanderers FCda o'ynagan.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha ishtirok va gollarMavsumKlubDiviziyaLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarMolde1987Norvegiya birinchi divizioni192——19219882210——221019892112——21121990Tippeligaen102——102Jami722600007226Lierse1990—1991Belgiya birinchi divizioni257——257Sogndal1991Tippeligaen107——107199222933——2512Jami32163300003519Sheffield United1993—1994Angliya Premyer-ligasi3391010—3591994—1995Futbol ligasi birinchi divizioni3261022—3581995—199619400——194Jami84192032008921Strømsgodset1996Tippeligaen186——18619972114——211419981919——19191999251921——27202000Norvegiya birinchi divizioni262510——27252001Tippeligaen261530——29152002Norvegiya birinchi divizioni261232——2914Jami161110930000170113Jami faoliyati 3741781463200391186

Terma jamoada MavsumTerma jamoaIshtirokGol1987—2000Norvegiya5311

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar