Cory Cross () (1971-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Cory Cross Milliy xokkey ligasida (NHL) oʻn ikki mavsum oʻynagan.

Cory Cross „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi safiga 1992-yilgi NHL kirish loyihasida birinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Oʻyin faoliyati 1992-yilda Cory Cross „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi safiga qoʻshilganidan soʻng, NHLning 12 mavsumini „Toronto Maple Leafs“, „New York Rangers“, „Edmonton Oilers“, „Pittsburgh Penguins“ va „Detroit Red Wings“ xokkey jamoalarida oʻtkazdi. Cory Cross kuchli zarbaga ega jismonan kuchli xokkeychi edi.

Cory Cross Deutsche Eishockey Ligasi vakili „Hamburg Freezers“ xokkey klubi bilan 2006-yil iyul oyida shartnoma imzolandi. Cross „Hamburg Freezers“ xokkey klubi safida bir mavsum o‘ynadi va 2009-yil sentyabr oyida xokkeychilik faoliyatini yakunladi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

Cory Cross uchta jahon chempionatida (1997, 1998, 2003) Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi sifatida xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi. Terma jamoa 1997 va 2003-yillarda oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Murabbiylik faoliyati 2009-yil 27-sentyabrda „Calgary Dinos“ xokkey klubining xokkey boʻyicha bosh murabbiyi Mark Howell Cory Cross NHLning sobiq xokkeychisi Brad Isbister bilan birga bosh murabbiy yordamchisi boʻlishini eʼlon qildi.

Cory Cross yaqinda „West Kelowna Warriors“ xokkey jamoasining yordamchi murabbiyi etib tayinlandi. Cory Cross klub bilan Lloydminster shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi RBC kubogida gʻolib chiqdi.

Shaxsiy hayoti Cory Cross Alberta shtatining Lloydminster shahrida tugʻilgan va hozirda Britaniya Kolumbiyasining Gʻarbiy Kelowna shahrida istiqomat qiladi. Cory Crossning rafiqasi Shennon ismli ayoldir. Ularning ikkita farzandi bor. Cory Cross neft va gaz xizmati Rʼohan Well and Rig Services kompaniyasining bir qismining egasi va onlayn xokkey oʻrganish platformasi ProSmart Sports asoschilaridan biridir.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1990—1991Alberta universitetiCIAU2025716—————1991—1992Alberta universitetiCIAU414111582—————1992—1993Alberta universitetiCIAU44112839107—————1992—1993Atlanta KnightsIHL70112400061993—1994Tampa Bay LightningNHL50006—————1993—1994Atlanta KnightsIHL7041418729123141994—1995Tampa Bay LightningNHL4315641—————1994—1995Atlanta KnightsIHL415101567—————1995—1996Tampa Bay LightningNHL7521416666000221996—1997Tampa Bay LightningNHL7245995—————1997—1998Tampa Bay LightningNHL7436977—————1998—1999Tampa Bay LightningNHL672161892—————1999—2000Toronto Maple LeafsNHL7141115641202222000—2001Toronto Maple LeafsNHL413585011213102001—2002Toronto Maple LeafsNHL503912541200082002—2003Hartford Wolf PackAHL20002—————2002—2003New York RangersNHL2604416—————2002—2003Edmonton OilersNHL1123586011202003—2004Edmonton OilersNHL687142156—————2005—2006Edmonton OilersNHL3423538—————2005—2006Pittsburgh PenguinsNHL60116—————2005—2006Detroit Red WingsNHL1611215—————2006—2007Hamburg FreezersDEL48279190722432NHL jami65934971316844724662

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari Turkum:Kanadalik xokkey murabbiylari