Jarret Lee Stoll () (1982-yil 24-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Stoll Milliy xokkey ligasida (NHL) „Edmonton Oilers“, „Los Angeles Kings“, „New York Rangers“ va „Minnesota Wild“ xokkey jamoalarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati Jarret Stoll ikki marta NHL kirish loyihasida ishtirok etdi. Jarret Stoll 2000-yilgi NHL kirish loyihasida „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 46-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Ammo Jarret Stoll jamoa bilan kelisha olmadi. Shuning uchun Stoll 2002-yilgi kirish loyihasida qayta ishtirok etdi. Bu loyihada Jarret Stoll „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 36-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Edmonton Oilers Stoll „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilganidan soʻng, 2002—2003-yillardagi mavsum uchun klubning Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Hamilton Bulldogs“ xokkey klubi safiga yuborildi. Mavsum davomida Jarret Stoll „Edmonton Oilers“ klubi safiga birinchi chaqiruvni oldi va NHLdagi dastlabki toʻrtta oʻyinda asosiy klub safida oʻynadi. 2003—2004-yillarda Jarret Stoll „Edmonton Oilers“ klubi safida butun mavsum davomida harakat qildi.
Los Angeles Kings 2008-yil 29-iyunda Jarret Stoll Ľubomír Višňovskiy evaziga „Los Angeles Kings“ xokkey klubiga (Matt Greene bilan birga) sotildi. 5-sentyabr kuni Jarret Stoll „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan 14,4 million dollarlik toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2008—2009-yilgi mavsumda Jarret Stoll klub safidagi oʻyinlarda 41 ochko toʻpladi. 2012-yil 22-aprelda Jarret Stoll G‘arbiy konferensiya chorak finalining 5-o‘yinida Prezident kubogi g‘olibi „Vancouver Canucks“ xokey klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.
2012-yil 11-iyunda Stoll oʻzining birinchi Stanley kubogini „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Jarret Stoll 2012-yil 25-iyun kuni klub bilan uch yillik 9,75 million dollarlik shartnoma imzoladi.
New York Rangers va Minnesota Wild 2015-yilning 10-avgustida Stoll erkin agent sifatida „New York Rangers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Jarret Stoll 2015—2016-yilgi mavsumda „New York Rangers“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi. „New York Rangers“ xokkey klubi bilan 29 ta oʻyindan soʻng, Jarret Stoll klubni tark etdi. 2015-yil 15-dekabrda Jarret Stoll „Minnesota Wild“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.
Shaxsiy hayoti 2006-yildan 2011-yilgacha Jarret Stoll Saskatoon shahrida yillik xayriya golf turnirini oʻtkazdi. Bu turnir Jarret Stoll Comfort fondiga foyda keltiradi.
Stollning Los-Anjelesdagi uyi 2011-yilda MTV Cribs telekanalida namoyish etilgan edi.
2015-yilning yozida Jarret Stoll Las Vegasdagi mehmonxonada kokain va ekstazi saqlagani uchun hibsga olingan edi. Jarret Stoll 2015-yil iyun oyida oʻz aybini tan oldi.
Jarret Stoll model va aktrisa Rachel Hunter bilan unashtirilgan edi va ular 2009-yil avgust oyida turmush qurishni rejalashtirishgan edi. Ammo toʻy bekor qilingan edi. Jarret Stoll 2012-yilda sportchi Erin Andrews bilan munosabatlarni boshlagan. 2016-yil 9-dekabrda Jarret Stoll va Andrews unashtirilgani eʼlon qilindi. Ular 2017-yil 24-iyunda turmush qurishdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1997—1998Saskatoon Blazers AAASMHL4445448978—————1997—1998Edmonton IceWHL82354—————1998—1999Kootenay IceWHL5713213438400021999—2000Kootenay IceWHL7137387564207916242000—2001Kootenay IceWHL624066106105115914222001—2002Kootenay IceWHL47323466642261420352002—2003Hamilton BulldogsAHL7621335486235813252002—2003Edmonton OilersNHL40110—————2003—2004Edmonton OilersNHL6810112142—————2004—2005Edmonton RoadrunnersAHL6621173892—————2005—2006Edmonton OilersNHL8222466874244610242006—2007Edmonton OilersNHL5113263948—————2007—2008Edmonton OilersNHL8114223674—————2008—2009Los Angeles KingsNHL7818234168—————2009—2010Los Angeles KingsNHL7316314740610142010—2011Los Angeles KingsNHL8220234342503302011—2012Los Angeles KingsNHL78615216020235182012—2013Los Angeles KingsNHL4871118281201142013—2014Los Angeles KingsNHL78819274826336182014—2015Los Angeles KingsNHL736111758—————2015—2016New York RangersNHL2912320—————2015—2016Minnesota WildNHL513361640004NHL jami8721442443886189710162672
Manbalar
Turkum:Kanadalik xokkey murabbiylari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari