Jazoirdagi tartibsizliklar 2010-yil dekabr oyida ishsizlik , Jazoirdagi yoshlarning yomon ahvoli va uy-joy etishmasligi tufayli boshlangan. Bu yerda oziq-ovqat narxlarining keskin koʻtarilishi muhim rol oʻynadi va bu kambagʻallarga zarba berdi. Noroziliklar Tunisdagi inqilob gʻalabasi taʼsirida kuchayib , 2011-yil 1-yanvardan boshlab sezilarli darajada avj oldi. Xronologiya 1-yanvar — oziq-ovqat narxlarining 30 foizga oshishiga qarshi norozilik namoyishlari poytaxtda, keyin esa respublika hududlarida avj oldi; 22-yanvar — Jazoirdagi namoyish tufayli, 42 kishi yaralandi, bir necha kishi hibsga olindi; 3-fevral — Jazoir Prezidenti A. Buteflika yaqin kelajakda siyosiy islohotlar boshlanishini eʼlon qildi; 2011-yilning 12-yanvarida mamlakat poytaxti ko‘chalarida minglab odamlar namoyishga chiqdi, 400 ga yaqin odam politsiya tomonidan qisqa muddatga hibsga olindi; 24-fevral kuni 19 yildan beri amal qilib kelgan favqulodda holat bekor qilindi. Manbalar https://cyberleninka.ru/article/n/alzhir-reformirovanie-kak-proyavlenie-arabskoy-vesny
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Jazoirdagi tartibsizliklar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.