Mavlono Orif Deggaroniy (1312, Karmana, Deggaron qishlogʻi — 1375) — islom dini arbobi, muhaddis, xalq orasida avliyo sifatida tanilgan. Bahouddin Naqshbandning ustozi hisoblangan. Qabri Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Deggaron qishlogʻida. Hayoti Mavlono Orif Deggaroniyning hayoti haqida koʻp maʼlumot saqlanib qolmagan. Uning tugʻilgan va vafot etgan yillari ham aniq boʻlmagan. Bugungi kunda tarixchilar Deggaroniyning tavallud va vafot yillarini Sadriddin Salim Buxoriyning „Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy“ risolasi asosida oladilar.
Mavlono Orif Deggaroniy Bahouddin Naqshband bilan birga Sayyid Mir Kulolning yaqin shogirdi boʻlgan. Bu haqda Sayyid Muhammad Nosirning „Tuhfat az-Zoirin“ („Ziyoratchilarga sovgʻa“) asarida shunday deyilgan:
Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining „Bahouddin balogardon“ asarida Sayyid Mir Kuloldan shunday iqtibos keltiriladi:
Bulardan tashqari Mavlono Orif Deggaroniy toʻgʻrisida „Rashahotu aynul hayot“, „Maqomoti Shohi Naqshband“, „Maqomoti Amir Kulol“ kabi asarlarda maʼlumotlar mavjud. Afsonalar Mavlono Orif Deggaroniy toʻgʻrisida xalq orasida turli afsonalar yuradi, ulardan biriga koʻra bir yili Koʻhak daryosi toshib, Deggaron qishlogʻiga sel keladi. Odamlar vahimaga tushib koʻchaga chiqadi. Shu payt Mavlono Orif oʻzini suvga otadi va „Kuching yetsa, meni oqizgil, xalqqa jabr qilma“, – deydi. Shu daqiqada sel toʻxtaydi. Vafoti Mavlono Orif Deggaroniy vafotidan oldin Bahouddin Naqshbandni chorlab, vafotidan keyin uni oʻzi qabrga qoʻyishini vasiyat qilgan. Bahouddin Naqshband uning vasiyatini bajargan. Xotira Koʻplab tarixchilar Mavlono Orif Deggaroniy hayoti va faoliyatini oʻrganib, unga bagʻishlab risolalar, monografiyalar yozganlar. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Avliyo va ulamolar Turkum:Karmanalik avliyo va ulamolar Turkum:1312-yilda tugʻilganlar Turkum:1375-yilda vafot etganlar