– Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 21,745 ta xonadonda 49,457 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 260 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 190,91 km2 (73,71 sq mi) ga teng.

Geografiyasi Kameyama Mie prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shaharni shimoli-gʻarbiy qismidan Suzuka togʻlari, janubi-gʻarbiy qismidan esa Nunobiki togʻlari oʻrab turadi. Shahar hududining yarmidan koʻpi oʻrmonlardan iborat.

Qoʻshni munitsipalitetlar Mie prefekturasi

Tsu Suzuka Iga

Shiga prefekturasi

Kōka, Shiga

Iqlimi Kameyama nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Kameyamada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKameyama population statistics, Kameyama aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekin oʻsgan.

Tarixi Kameyama Tokugava syogunati ostidagi Ise-Kameyama domeniga tegishli boʻlgan Kameyama qal’asi sifatida rivojlangan. XVII asrning boshlarida qal’a shaharchasi Kameyama-juku, Tokaidoning qirq oltinchi pochta stansiyasi edi. Tokaidodagi Seki-juku va Sakashita-juku ham uning chegaralariga kiradi. Ilk Meidzi davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini tashkil etish jarayonida Kamayama-juku Suzuka tumanidagi Kameyama shahri sufatida tashkil etilgan. 1954-yil 1-oktyabrda u shahar maqomiga koʻtarildi.

2005-yil 11-yanvarda Seki shahri (Suzuka tumanidan) Kameyamaga birlashtirildi.

Hukumat Kameyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kameyama Mie prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 2-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Shamlar shaharning anʼanaviy mahsuloti hisoblanadi. Sharp korporatsiyasi 2004-yil 8-yanvardan beri shaharda dunyodagi eng yirik LCD zavodlaridan birini boshqarib kelmoqda. 

Taʼlim tizim Kameyamada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va uchta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.

Transport thumb|260x260px|Seki-juku (Tokaido) Temir yoʻl 20x20px JR Tokai — Kansai magistral liniyasi

Idagava — Kameyama

20x20px JR Tokai — Kisei magistral liniyasi

Kameyama — Shimonoshō

20x20px JR Gʻarb — Kansay magistral liniyasi

Kameyama - Seki - Kabuto

Magistral yoʻl

link=|alt=E23|24x24px Higashi-Meihan ekspress yoʻli link=|alt=E23|24x24px Ise tekor yoʻli link=|alt=E1A|24x24px Shin-Meishin tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 1 Milliy yoʻnalish 25 Milliy yoʻnalish 306

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Kameyama qal’asi Seki-juku

Xalqaro munosabatlar

Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar Kameyama bilan birodarlashgan shaharlar :

Gose, Nara, Yaponiya (1998) Habikino, Osaka, Yaponiya (1998)

Taniqli odamlar

Shiro Hattori — tilshunos Teinosuke Kinugasa — kinorejissyor Kiyoshi Toyoda — beysbolchi

Manbalar

Havolalar

Kameyama shahrining rasmiy veb-sayti.

Turkum:Kameyama (Mie)