Kenan Kodro (1993-yil 19 avgustda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Nemzeti Bajnokság I klubi Fehervar va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Kodro futbol oʻynashni mahalliy Antiguoko klubida boshlagan. 2008-yilda Real Sociedad klubi yoshlar akademiyasiga qoʻshigan. 2011-yilda Real Sociedad B tarkibida birinchi professional golini kiritdi. 2012-yil fevral oyida Lagun Onakga olti oylik ijaraga yuborildi.

Osasuna 2014-yilning yozida Kodro Osasunaga oʻtdi. Jamoadagi rasmiy debyutini 23-avgust kuni Barcelona B ga qarshi oʻtkazdi. 18-oktyabr kuni Osasuna safidagi birinchi golini Tenerife darvozasiga kiritdi va bu jamoasining gʻalabasini taʼminladi.

2015-yilning fevralida shartnomasini 2018-yilning iyunigacha uzaytirdi.

Mainz 05 2017-yil iyun oyida Kodro toʻrt yillik shartnoma asosida Germaniyaning Mainz 05 jamoasiga oʻtdi. 12-avgust kuni Lüneburger Hansaga qarshi DFB-Pokal oʻyinida klub safida debyut qildi. Bir hafta oʻtgach, Hannover 96 ga qarshi ligada debyut qildi.

2018-yilning fevral oyida Kodro yarim mavsumlik shartnoma asosida Shveysariyaning Grasshoppers oʻtdi. Faoliyatidagi ilk xet-trikini 21-aprel kuni Luganoga qarshi oʻyinda amalga oshirdi.

Copenhagen Iyul oyida Kodro nomaʼlum pul evaziga Daniyaning Copenhagen klubiga oʻtdi. 12-iyul kuni UEFA Yevropa ligasi saralashida KuPSga qarshi oʻyinda jamoa safida rasman debyut qildi. Toʻrt kundan keyin Horsensga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 26-iyul kuni Copenhagendagi birinchi golini Stjarnan darvozasiga kiritdi. Kodro 2-avgust kuni jamoadagi ilk xet-trikini qayd etdi. 7-oktyabr kuni Randersga birinchi ligadagi golini kiritdi.

Athletic Bilbao 2019-yil yanvar oyida Kodro Bilbaoning Athletic klubiga uch yarim mavsumlik shartnoma asosida qoʻshildi. Jamoa safida 10-fevral kuni Barcelonaga qarshi debyut qildi. 16-mart kuni „Athletic Bilbao“dagi ilk golini Atlético Madrid darvozasiga kiritdi.

2021-yilning yanvarida yarim mavsumga Valladolidga ijaraga berildi.

Fehérvár Avgust oyida Kodro Vengriyaning Fehérvár jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 28-avgust kuni Budapeshtning MTK jamoasiga qarshi oʻtkazdi va dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Xalqaro faoliyati 2017-yilning mart oyida Kodro Bosniya va Gersegovinaga birinchi marta JCh-2018 saralashida Gibraltar va Albaniyaga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 28-mart kuni Albaniyaga qarshi debyut qildi.

3-sentabr kuni 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Gibraltarga qarshi o‘yinda Kodro terma jamoadagi birinchi golini urdi.

Shaxsiy hayoti Kodroning otasi Meho ham professional futbolchi boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarReal Sociedad B2011—2012Segunda División B142---1422012—2013Segunda División B356---3562013—2014Segunda División B278---278Jami7616---7616Lagun Onak (ijara)2011—2012Tercera División92---92Osasuna2014—2015Segunda División32210--3322015—2016Segunda División20310-432562016—2017La Liga28720--307Jami801240-438815Mainz 052017—2018Bundesliga8020--100Grasshoppers (ijara)2017—2018Shveysariya Superligasi14710--157Copenhagen2018—2019Daniya Superligasi812085-186Athletic Bilbao2018—2019La Liga111---1112019—2020La Liga12111--1322020—2021La Liga3100--31Jami26311--274Valladolid (ijara)2020—2021La Liga140---140Fehérvár2021—2022Nemzeti Bajnokság I271531--30162022—2023Nemzeti Bajnokság I1672153-2311Jami43225253-5327Jami faoliyati278631531384331077

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gertsegovina 2017 4 1 2018 5 1 2019 0 0 2020 0 0 2021 1 0 2022 1 0 Jami 11 2 +Kenan Kodro tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 3-sentyabr Estádio Algarve, Faro / Loule, Portugaliya 3 2—0 4—0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2018-yil 23-mart Ludogorets Arena, Razgrad, Bolgariya 5 1—0 1—0 Doʻstona

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar