Stefania Berton (talaffuzi: Stefaniya Berton; 1990-yil 19-iyulda tugʻilgan) — Italiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan italiyalik juftlikda konkida uchuvchi. Sherigi Ondřej Hotárek bilan birga 2013-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013 Skate Canada International musobaqasining chempioni va uch karra Italiyaning milliy chempioni boʻlgan. Berton / Hotárek jufligi Yevropa va Gran-pri musobaqalarining medallarini qoʻlga kiritgan birinchi italiyalik juftlikda konkida uchuvchilari hisoblanadi.
Faoliyati right|thumb|250x250px|Berton va Hotarek Skate Canada musobaqasining taqdirlash marosimida. Stefania Berton 2009-yil boshida Hotárek bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2010-yilgi Italiya milliy chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralansihdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Juftlik oʻzining ilk Jahon chempionatida ishtirok etib, 11-oʻrinni egallagan.
2010 — 2011-yilgi mavsumda Berton / Hotárek Nebelhorn Trophy musobaqasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular Rossiya kubogida oltinchi oʻrinni egallagan holda Gran-pri bosqichida debyut qilgan. Juftlik oʻzlarining birinchi Italiya milliy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2011-yilgi Yevropa chempionatiga yuborilgan. Juftlik Yevropa chempionatining qisqa dastur namoyishi boʻyicha toʻrtinchi, erkin dastur boʻyicha esa beshinchi oʻrinni egallab, ikkala dasturda shaxsiy eng yaxshi natijalarni qayd etishgan va jami 164,83 ball bilan jamoalar oʻrtasida beshinchi oʻrinni egallagan.
Berton / Xotárek juftligi 2011 — 2012-yilgi mavsumni 2011 Ondrej Nepela Memorial turnirida boshlagan va u yerda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Gran-pri mavsumida ishtirok etgan juftlik, 2011 NHK Trophy musobaqasida 4-oʻrinni egallagan va 2011 Rostelecom Cup turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Dasturlari
Hotárek bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2013 — 14 The Mask Dracula 2012 — 13 Paint It Black Poeta en el viento 2011 — 12 Harlem Nocturne Demasiado Corazon Adagio in G minor for Organ and Strings 2010 — 11 Invierno Porteno Romeo and Juliet (1968 film) 2009 — 10 Caos Calmo Notre Dame de Paris
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Italiya vakili sifatida Hotárek bilan Xalqaro Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 Olimpiada 11 Jahon chempionati 11 10 11 10 9 Yevropa chempionati 5 4 3 4 Bompard 3 NHK Trophy 4 Rostelecom 6 3 Skate America 5 Skate Canada 3 1 Nice Cup 1 Ice Challenge 3 Nepela Memorial 2 2 NRW Trophy 2 1 2 Milliy Italiya chempionati 2 1 1 1 1
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Figurali uchuvchilar