Luis de la Fuente Castillo (1961-yil 21-iyunda tugʻilgan) – ispaniyalik futbol murabbiy va sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan. Luis Ispaniya terma jamoasini boshqaradi.
Luis „Atletik Bilbao“ va „Sevilya“ jamoalari tarkibida 13 mavsum davomida La Ligada jami 254 oʻyin oʻtkazgan va 6 ta gol urgan.
Futbolchilik faoliyati La-Rioxaning Xaro shahrida tugʻilgan de la Fuente Bilbaoning „Atletik“ yoshlar tizimida taʼlim olgan va 1978-yilda, Segunda B divizionida zaxiradagi debyutini oʻtkazgan. 1981-yilning 8-martida oʻzining asosiy va La Ligadagi debyutini „Valensiya“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
De la Fuente 1982-yilning yozida asosiy jamoa tarkibiga qabul qilingan.
1987-yil iyul oyida de la Fuente Sevilla FC jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtgan. 1991-yilda u 20 million peset evaziga „Atletik“ jamoasiga qaytgan, ammo, kam asosan zahira oʻyinchisi sifatida faoliyat olibh borgan.
De la Fuente 1993-yilgi mavsumda „Deportivo Alaves“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumdan soʻng 33 yoshida faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati De la Fuentening birinchi murabbiylik faoliyatini Portugalete klubida boshlagan. 2000-yilning yozida Segunda División B klubi CD Aurrera de Vitoria jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Mavsum davomida liga jadvaldia yettinchi oʻrinni egallashiga qaramay, keyingi yilning mart oyida ishdan boʻshatilgan.
Yutuqlar
Oʻyinchi Atletik Bilbao
La Liga : 1982-83, 1983-84 Qirol kubogi : 1983-84
Murabbiy Ispaniya U19
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2015
Ispaniya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2019
Ispaniya U23
Yozgi Olimpiada kumush medali: 2020
Manbalar
Havolalar
Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Athletic Bilbao B futbolchilari Turkum:Athletic Bilbao futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:Deportivo Alavés futbolchilari Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari