Todd Michael Marchant () (1973-yil 12-avgustda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi. Todd Marchant Milliy xokkey ligasida (NHL) 17 mavsum oʻynagan. Todd Marchant, shuningdek, „Binghamton Rangers“ va „Cape Breton Oilers“ xokkey jamoalaridagi faoliyati davomida Amerika xokkey ligasida (AHL) 49 oʻyin oʻtkazgan edi.

Faoliyati

Edmonton Oilers Todd Marchant toʻqqiz mavsumni „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safida oʻtkazdi (1994—2003). Todd Marchant „Edmonton Oilers“ klubidagi soʻnggi mavsumlarida muqobil sardor sifatida faoliyat olib bordi. Todd Marchant NHLning eng tezkor oʻyinchilaridan biri sifatida tanilgan edi.

Columbus Blue Jackets 2003-yilning yozida Todd Marchant „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan cheklanmagan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Todd Marchant 2003—2004-yilgi mavsumni „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safida sobiq „Edmonton Oilers“ xokkey klubi aʼzolari Tyler Wright va Luke Richardson bilan birga oʻynadi.

Keyin klub Todd Marchantni Sergei Fedorov evaziga „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga almashtirdi.

Anaheim Ducks Todd Marchant 2005—2006-yilgi NHL mavsumining soʻnggi yarmida „Mighty Ducks“ klubi bilan oʻynadi.

Todd Marchant 2006—2007-yilgi NHL mavsumi uchun yangi nomlangan „Anaheim Ducks“ xokkey klubining asosiy jamoasi roʻyxatiga qoʻshildi. Todd Marchant ushbu mavsumda „Anaheim Ducks“ xokkey klubining franchayzing rekordlarini oʻrnatdi.

Todd Marchant yilning yarmida jarohat olib, 20 dan ortiq oʻyinni oʻtkazib yubordi. Shundan soʻng, Todd Marchant klubga 2007-yilgi NHL pley-off bosqichining oʻrtasiga qadar qaytib kelmadi. Todd Marchant klub safiga „Detroit Red Wings“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda qaytdi. Shundan soʻng, Todd Marchant klub bilan 2007-yilgi Stanley kubogi finalida „Ottawa Senators“ klubini magʻlub etdi.

Todd Marchant 2011-yil 29-iyunda NHLdagi 17 mavsumdan soʻng nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi. Todd Marchant 1993-yilgi NHL kirish loyihasida qatnashgan 1195 ta oʻyinchilar orasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻynchi sifatida faoliyatini yakunladi. Shundan soʻng, Todd Marchant „Anaheim Ducks“ xokkey klubida oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha direktor sifatida faoliyatini davom ettirdi.

Shaxsiy hayoti Todd Marchant va rafiqasi Caroline Marchantning toʻrt farzandi bor (qizlari Lillian va Ashley hamda oʻgʻillari Timothy Todd va Bradley David).

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1990—1991Niagara ScenicNAHL37314778—————1991—1992Clarkson universitetiECAC3320123232—————1992—1993Clarkson universitetiECAC3318284638—————1993—1994United StatesIntl5928396748—————1993—1994New York RangersNHL10000—————1993—1994Binghamton RangersAHL82796—————1993—1994Edmonton OilersNHL30112—————1993—1994Cape Breton OilersAHL31452511201994—1995Cape Breton OilersAHL3822254725—————1994—1995Edmonton OilersNHL4513142732—————1995—1996Edmonton OilersNHL8119193866—————1996—1997Edmonton OilersNHL791419334412426121997—1998Edmonton OilersNHL761421357112112101998—1999Edmonton OilersNHL82142236654112121999—2000Edmonton OilersNHL8217234070310122000—2001Edmonton OilersNHL7113263951600042001—2002Edmonton OilersNHL8212223441—————2002—2003Edmonton OilersNHL7720406048602222003—2004Columbus Blue JacketsNHL779253434—————2005—2006Columbus Blue JacketsNHL1836920—————2005—2006Mighty Ducks of AnaheimNHL6161925461631013142006—2007Anaheim DucksNHL56815234411033122007—2008Anaheim DucksNHL75971648620202008—2009Anaheim DucksNHL72513183413112162009—2010Anaheim DucksNHL789132232—————2010—2011Anaheim DucksNHL791782660114NHL jami1,1951863124987749513213488

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Amerikalik sportchilar Turkum:Amerika profissional xokkeychisi