Pavel Horváth (; 1975-yil 22-aprelda tugʻilgan) — chexiyalik murabbiy va sobiq professional futbol yarim himoyachisi
Klublardagi faoliyati Pragada tugʻilgan Horváth 1991-yilda Sparta Pragada professional debyut qilgan. Keyin Jablonec klubiga oʻtdi. Ikki mavsumdan soʻng Slavia bilan shartnoma imzoladi. Toʻrt mavsumda ligada 27 ta gol urdi. Bu vaqt oraligʻida klub faqat ikkita mamlakat kubogini qoʻlga kirita oldi.
Horváthning Slaviada oʻynagan oʻyinlariga Portugaliyaning „Sporting“ klubi qiziqish bildirdi. Klub bilan shartnoma tuzdi, ammo asosiy tarkibdan joy ololmadi. 2002-yil yanvar oyida jamoadoshi Mbo Mpenza bilan birga Galatasaray SKga sotildi. Turkiya klubida ham kamdan-kam maydonga tushdi, bu esa 2002-yilgi mavsum FK Teplice bilan oʻtkazishga sabab boʻldi. Klub bilan ichki kubokni qoʻlga kiritdi.
Horváth 2006-yilda yana ikki mavsumga Spartaga koʻchib oʻtdi va klubda 2007-yilda birinchi marta milliy chempionatda gʻolib chiqdi. 2007- va 2008-yillarda Chexiya kubogini qoʻlga kiritishdi. Keyinchalik, 33 yoshida Viktoria Plzeň bilan shartnoma imzoladi, 2008—2009-yilgi mavsumda sakkiz ta gol urdi.
Horváth keyinchalik toʻrtinchi jamoasi bilan oltinchi marta ichki kubokni qoʻlga kiritdi. 2010-yilda Viktorianing sardori etib tayinlandi„Minule konflikt, teď zase slavil naplno. Horváth vyhrál pohár už pošesté“ (in Czech). Idnes. 19 May 2010.. Oʻsha yili Chexiyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotida Liga shaxsi deb topildi.
Oʻttiz besh yoshli Horváth 2010—2011-yilgi mavsumda ham oʻynashda davom etdi va 26 oʻyinda sakkizta gol urdi, Plzeň esa oʻz tarixida birinchi marta liga chempioni boʻldi.
Munozara 2007-yil sentyabr oyida Horváth „Sparta“ning Viktoria Jijkovga qarshi oʻyinida natsistlarning salomini aytgani uchun 200 000 chex kronusi miqdorida jarimaga tortildi. Voqea uchun uzr so‘radi va uning ishorasi noto‘g‘ri talqin qilinganini, faqat o‘z jamoasining shov-shuvlarini tinchlantirishga uringanini aytdi.
Xalqaro faoliyati Horváth Chexiya terma jamoasi safidagi debyutini 1999-yil 9-fevralda Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) o‘tkazdi. Uch yil ichida 19 ta o‘yin o‘tkazdi, UEFA Yevro-2000 uchun tarkibga kiritildi. Lekin ishtiork etmadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSparta Prague1993—19941000--10Jami1000000010Jablonec1993—19944000--401994—199526500--2651995—199620300--2031996—19971000--10Jami518000000518Slavia Prague1996—19972550041-2961997—19982550040-2951998—19992971130-3381999—200026100091-3511Jami10527112020012630Sporting2000—20011612040302512001—2002300000-30Jami191204030281Galatasaray2001—200230---30Jami3000000030Teplice2001—200217100--1712002—20032520022-2742003—20042230041-264Jami646006300709Vissel Kobe2004146---1462005243---2432006223---223Jami60120000006012Sparta Prague2006—200720211--2132007—20082804070-390Jami482517000603Viktoria Plzeň2008—200927800--2782009—201028510--2952010—201126842201033102011—201229510131004362012—201328420155-4592013—201425460153004672014—201571302010131Jami170351724792023646Jami faoliyati52191244841450634109
Xalqaro
Manba:
Chexiya Respublikasi Yil Ishtirok Gollar 1999-yil 6 0 2000-yil 8 0 2001-yil 2 0 2002-yil 3 0 Jami 19 0
Yutuqlari
Klubda Slavia Prague
Chexiya kubogi: 1996—1997, 1998—1999
Sporting
Primeira Liga: 2001—2002
Teplice
Chexiya kubogi: 2002—2003
Sparta Prague
Chexiya Birinchi ligasi: 2006-07 Chexiya kubogi: 2006—2007, 2007—2008
Viktoria Plzeň
Chexiya Birinchi Ligasi: 2010—2011, 2012—2013, 2014—2015 Chexiya kubogi: 2009—2010 Chexiya Superkubogi: 2011-yil
Manbalar
Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar