Romain Thierry Marie Gall (; 1995-yil 31-yanvarda Fransiya poytaxti Parijda tugʻilgan) — asli kelib chiqishi amerikalik boʻlgan futbolchi, „Malmö“ futbol klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Gall Fransiyada tugʻilgan. 7 yoshida u oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. 15 yoshida u AQSh fuqaroligini olgan.

Klublardagi faoliyati Romain „DC United“, „Real Salt Lake“ va Fransiyaning „Lorient“ futbol klublari bitiruvchisi. 2014-yil 7-avgustda Gall oʻzining birinchi professional shartnomasini „Columbus Crew“ futbol klubi bilan imzolagan. 23-avgust kuni u MLSdagi debyutini „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilning 9-iyulida Romain oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Austin Aztex“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 12-iyul kuni u USLda „Real Monarchs“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan . 6-sentabr kuni „Seattle Sounders 2“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Marie Gall oʻzining jamoadagi ilk golini kiritgan. 2016-yilning 12-fevralida mavsumoldi yig‘ini chog‘ida „Columbus Crew“ jamoasi uni jamoadan chiqarib yuborgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilda Romain Yamaykada boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi CONCACAF chempionatida ishtirok etadigan 20 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasiga kiritilgan. Turnirda u Gvatemala, Aruba, Yamayka, Salvador va Trinidad va Tobago yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yamaykaliklar va arubaliklarga qarshi janglarda Marie Gall „dubl“ va „xet-trik“ qayd etgan. Musobaqa natijalariga koʻra, u Hirving Lozano bilan birgalikda turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

2018-yilning 6-noyabr kuni Gall Angliya va Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun AQSh terma jamoasiga chaqirilgan. U 20-noyabr kuni Italiyaga qarshi o‘yinda 83-daqiqada Christian Pulisic o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa Amerika terma jamoasida debyut qilgan.

Statistika JamoaMamlakatMavsumLorient II2012—2014Columbus Crew S. C.2014—2015Austin Aztex2015Nyköpings BIS2016—2017GIF Sundsvall2017—2018Malmö FF2018—Stabæk IF (ijara)2020Örebro SK (ijara)2020Örebro SK (ijara)2021—

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar