Johann „Hans“ Krankl (; 1953-yil 14-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi avstriyalik futbolchi va murabbiy.
Klublardagi faoliyati left|thumb| Krankl 1981-yilda Krankl professional faoliyatini Rapid Wienda boshlagan va Wiener ACdagi bir yilini hisobga olmaganda, Wien bilan 8 yil oʻynagan. 1978-yilda Yevropaning „Oltin butsasi“ni qoʻlga kiritib, Barcelonaning qiziqishini uygʻotdi. Keyin Kataloniyaliklar safida oʻynadi. „Barselona“dagi faoliyati muvaffaqiyatli boʻldi, Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi (finalning oʻzida gol urdi) va oʻsha mavsumda 29 gol bilan La Ligada eng yaxshi toʻpurar sovrinini qoʻlga kiritdi. 1981-yilda Rapid Wienga qaytib, jamoaga sardor boʻldi va keyingi 5 yil ichida yana 100 dan ortiq gol urdi. 1986-yilda Wiener Sport-Clubi oʻyinchi-murabbiyi boʻldi.
Krankl besh marta Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganAlsos, Jan. „Planet World Cup — Legends — Hans Krankl“. planetworldcup.com..
Xalqaro faoliyati Krankl Avstriya terma jamoasi safida 1973-yil iyun oyida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 1978- va 1982-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etganRecord at FIFA Tournaments — FIFA. 69ta o‘yin o‘tkazib, 34ta gol urganHans Krankl — Goals in International Matches — RSSSF. Soʻnggi xalqaro oʻyini 1985-yil aprel oyida Vengriyaga qarshi Jahon chempionati saralash bahslarida boʻlgan. Ispaniya Primyerasining 1978—1979-yilgi mavsumida Barcelona safida 29 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va Pichichi kubogi bilan taqdirlangan.
1977-yilda Maltaga qarshi oʻyinda (9:0) Avstriya safida Krankl oltita gol urdiConnelly 2002, 146.
Asosiy yutuqlaridan biri Avstriya bilan 1978-yilgi Jahon chempionatiga chiqqani boʻlgan. Oʻshanda Avstriya yigirma yil ichida birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma olgandiAlsos, Jan. „Planet World Cup — Legends — Hans Krankl“. planetworldcup.com..
Germaniya darvozasiga "The miracle of Córdoba" deb nomlangan o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi, bu o‘yinda avstriyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va Avstriyaning G‘arbiy Germaniya ustidan 47 yil ichida ilk g‘alabasi bo‘ldi. 88-daqiqada urilgan golning jonli tasviri hali ham milliy televideniyeda muntazam namoyish etiladi va audio sharh („Tor Tor Tor Tor Tor Tor, I werd’ narrisch“ — „Gol gol gol gol gol gol, men aqldan ozib ketyapman“) avstriyalik futbol muxlislari tomonidan darhol tilga olinadi.
Faoliyat statistikasi
Klubda +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRapid Wien1970—1971Avstriya Bundesligasi4020--601972—1973301486-4142211973—1974323665-4142421974—1975331730-4140181975—1976352066-2143271976—1977353212-2138351977—1978364131-204142Jami2071602720-185252185Wiener AC (ijara)1971—19722627--2627Barcelona1978—1979La Liga302911-9540361979—19809200-341261980—19817300-1083Jami463411-1396045First Vienna (ijara)1979—1980Avstriya Bundesligasi1712--17+12+Rapid Wien1980—1981Avstriya Bundesligasi181610--19161981—1982321921-6340231982—1983262379-4437361983—1984271778-6140261984—19852514712-8440301985—1986171811-312120Jami1451072531-2713197151Wiener Sport-Club1986—19872720--27+20+1987—19883320--33+20+Jami6040--60+40+Kremser1988—1989Avstriya birinchi ligasi51--5+1+Austria Salzburg1988—1989Avstriya birinchi ligasi1410--14+10+Jami faoliyati47335455+52+-5827586+471+
Yutuqlari
Klubda Rapid Wien
Avstriya Futbol Bundesligasi: 1981—1982, 1982—1983 Avstriya kubogi: 1975—1976, 1982—1983, 1983—1984, 1984—1985
Barcelona
Qirol kubogi : 1980—1981 UEFA Kubogi egalari kubogi : 1978—1979
Individual Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi: 1973, 1974, 1977, 1982, 1988:de:Krone-Fußballerwahl Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 1973—1974, 1976—1977, 1977—1978, 1982—1983 Pichichi kubogi : 1978—1979 Yevropa oltin butsasi: 1978-yil Yilning Avstriya murabbiyi: 1999:de:VdF-Fußballerwahl
Manbalar
Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Pichichi Trophy sovrindorlari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar