Kaan Urganjioʻgʻlu — Turk kino va serial aktyori. 1981-yil 9-mayda Turkiyaning Izmir viloyatida tugʻilgan.
Hayoti Kaan Urganjioʻgʻlu 1981-yil 9-mayda Izmirda tugʻilgan. Uning otasi Izmir, onasi esa suriyalik. Oʻrta maktabni Izmir xususiy turk kollejida, undan keyin Izmir xususiy Amerika kollejida oʻqigan. Oliy taʼlimni 2007-yilda Marmara universitetining Kapital bozori va birja boʻlimini tamomlagan. Talabalik yillarida u „Karao‘g‘lan“ va „Kampusistan“ seriallarida bosh rollarni o‘ynab aktyorlik faoliyatini boshlagan. Uning birinchi badiiy filmi "Ismaloqdan kuylar" (2005) edi.
Universitetni tugatganidan soʻng u Nyu-Yorkdagi Stella Adler aktyorlik studiyasida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan. Soʻngra Turkiyaga qaytgach, Kadir Has universitetining kino va drama bo‘limida magistratura oʻqigan. Chetin Sarikartal rejissyorligidagi "Ara" teatr spektaklida rol oʻynagan. „ Sevgi istirobi“ serialidagi Emir Kozjuoʻgʻli roli uchun 2015-yilda Ayakli Gazete TV Yulduzlarida „Eng yaxshi yordamchi erkak aktyor“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Mukofotlar Yil Mukofot beruvchi tashkilot Turkum 2015 Flip gazetasi mukofotlari Eng yaxshi aktyor 2021 11-IMK ijtimoiy media mukofotlari Eng yaxshi aktyor 2022 12-Nogiron hayot fondi mukofotlari Eng yaxshi aktyor 9. TURKMSIC mukofotlari Pandemiyaning eng yaxshi teleseriali juftligi (Pinar va Kaan) 1- Xalqaro kristal mukofotlari Eng yaxshi serial juftligi (Pinar va Kaan) 2-Xalqaro sammit mukofotlari Yilning eng yaxshi aktyori IKU 4-Karyera faxriy mukofotlari Yilning sevimli teleseriali juftligi (Pinar va Kaan) MGD 26-Oltin ob’ektiv mukofotlari Yilning eng yaxshi erkak serial aktyori Istanbul universiteti 8-Oltin 61mukofoti Yilning eng yaxshi aktyori 48. -Oltin kapalak mukofotlari Eng yaxshi aktyor
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Turk aktyorlari, Sa`natkorlar, Turkiya madaniyati, Turkiya, Anqara