thumb|Yerjan Qazixanov Yerjan Xozeuli Qazixanov (1964-yil 21-avgust, Olmaota) — davlat xizmatchisi, tarixchi-sharqshunos, tarix fanlari nomzodi, Favqulodda va Muxtor elchi.

Biografiyasi Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetin tamomlagan (1987). Kasbi: Tarixchi-sharqshunos. SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasi. Hindiston xalqaro munosabatlar instituti.

1987-1989yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan . 1989-1992-yillarda . Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligi protokol-siyosiy boshqarmasi ikkinchi kotibi, birinchi kotibi. 1992-1995-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi, boshliq oʻrinbosari; 1995-2000-yillarda Qozogʻiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi va maslahatchisi boʻlgan. 2000-2003-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Koʻp tomonlama hamkorlik departamenti direktori boʻlgan. 2003-2007-yillarda Qozogʻiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakili, shuningdek, Qozogʻiston Respublikasining Kuba Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimlarida ishlagan. 2007-2008-yillarda Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari. 2008-yil fevraldan dekabrgacha Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi. 2009-2011-yillarda Qozogʻiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Qozogʻiston Respublikasining Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili. 2011-yilning fevralidan apreligacha — Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari. 2011-yil 11-apreldan 2014-yil 17-sentabrgacha Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri. 2014-yil 17-sentabrdan 2017-yil fevraligacha Qozogʻistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisiUkaz Glavi gosudarstva. 2017-yilning fevral oyidan buyon Qozogʻiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Mukofotlar

„Buyuk xizmatlari uchun“ medali (2005) „Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligiga 10 yil“ (2001) „Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 10 yil“ (2005) „Qozogʻiston Respublikasi parlamentiga 10 yil“ (2006) „Ostonaning 10 yilligi“ yubiley medallari bilan taqdirlangan (2008). „Hurmat“ ordeni.

Oila

Xotini: Qazixanova Danara Mixaylovna Bolalari: qizi — Aygerim, oʻgʻli — Tayir

Manbalar

Turkum:Ostonaning 10 yilligi medali sohiblari Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Parasat ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:21-avgustda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻiston siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar