Kurt Jara (1950-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) — avstriyalik futbol murabbiyi va yarim himoyachi sifatida klublarda va Avstriya milliy terma jamoasida oʻynagan sobiq professional futbolchi.
Futbolchilik karyerasi
Klubdagi karyerasi Innsbrukda tavallud topgan Jara oʻzining ilk professional faoliyatini mahalliy "Wacker Innsbruck" jamoasida boshlagan, keyinchalik unga turli klublar qiziqish bildira boshlagan va 1973-yilda Ispaniyaning "Valensiya CF" jamoasiga oʻtgan. Keyinchalik La Ligadagi ikki mavsumidan soʻng u Germaniya Bundesliganing jamoasi MSV Duisburgdan taklif oladi va Jara tez orada yangi klubga borib qoʻshiladi. Yangi klubda muvaffaqiyatarga erisha boshlaydi va u yerda umumiy besh mavsum oʻtkazadi. 1979-yilga kelib jamoasi bilan UEFA kubogi yarim finaliga chiqadi. FC Schalke 04 bilan Germaniyada yana bir mavsumidan soʻng, u Grasshopper bilan Shveysariya Superligasida faoliyatini yakunladi. Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqandan soʻng darhol Grasshopperda murabbiy boʻldi.
Terma jamoadagi karyerasi U Avstriya terma jamoasi safida 1971-yil iyul oyida San-Pauluda Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan va 1978-yilgi hamda, 1982- yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U terma jamoada 59 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan. Uning soʻnggi terma jamoa safidagi oʻyini 1985-yil aprel oyida Vengriyaga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyini boʻlgan.
Murabbiylik karyerasi Murabbiy sifatida u oʻtmishda Shveysariyaning "Grasshopper", "Sent Gallen" va "FK Tsyurix" klublari, Avstriyaning "VfB Mödling", "Ksanti", "APOEL", "Tirol Innsbruck", " Gamburger SV" va "1.Kayzerslautern FK" jamoalarini boshqargan. 2005-2006 yilgi mavsumda u Red Bull Salzburgini boshqargan.
Karyera statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarFC Wacker Innsbruck 68–69 69–70 70–71 71–72 72–73 Jami Valensiya 73–74 24 5 74–75 33 6 Jami Duisburg 75–76 31 4 76–77 34 7 77–78 30 4 78–79 34 4 79–80 31 4 Jami 160 23 Schalke 04 80–81 31 2 Grasshoppers 81–82 82–83 83–84 84–85 Jami Karyera jami
Yutuqlar
Oʻyinchi sifatida
Avstriya Futbol Bundesligasi : 1970–71, 1971–72, 1972–73 Avstriya kubogi : 1969–70, 1972–73 Shveysariya Superligasi : 1981–82, 1982–83, 1983–84 Shveysariya kubogi : 1982–83
Murabbiy sifatida Grasshoppers
Shveysariya kubogi : 1987–88
Hamburger SV
DFL-Ligapokal : 2003
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari
Turkum:Avstriya Bundesligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari
Turkum:Shveysariya Superligasi futbolchilari Turkum:Shveysariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gʻarbiy Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1978 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1982 oʻyinchilari Turkum:Avstriyalik futbol murabbiylar