Gay Yuliy Sezar Avgustus Germanikus (12-yil 31-avgust — 41-yil 24-yanvar) — Kaligula nomi bilan tanilgan uchinchi Rim imperatori. 37-yildan 41-yil oʻldirilishiga qadar hukmronlik qilgan. U Rim generali Germanik va Avgustning nabirasi katta Agrippinaning oʻgʻli edi. Kaligula Rim imperiyasining hukmron oilasida tugʻilgan. Mazkur oila shartli ravishda Yuliy-Klavdiy sulolasi deb ataladi.

U Gay Yuliy Sezar sharafiga nomlangan boʻlsa-da, Germaniyadagi yurish paytida otasining askarlaridan „Kaligula“ („kichik kaliga“, harbiy etikning bir turi) laqabini oldi. Germanicus 19-yilda Antioxiyada vafot etganidan soʻng Agrippina olti farzandi bilan Rimga qaytib keldi. U yerda Tiberiy bilan orasida jiddiy mojaro kelib chiqdi. Nihoyat, mojaro Agrippina oilasining yoʻq qilinishiga olib keldi. Kaligula oilaning tirik qolgan yagona erkak aʼzosi edi. 26-yilda Tiberiy jamoatchilik orasidan Kapri oroliga ketdi. Kaligula 31-yilda orolda unga qoʻshildi. 37-yilda imperator oʻlimi rasman eʼlon qilingach, Kaligula imperator boʻldi. Kaligula hukmronligi davri haqida bir nechta manbalar saqlanib qolgan. Manbalarda u hukmronligining dastlabki olti oyida olijanob va moʻtadil imperator sifatida tasvirlangan. Hukmronligining olti oyidan soʻng manbalarda uning shafqatsizligi, sadizmi, isrofgarchiligi va jinsiy buzuqligiga eʼtibor qaratilib, aqldan ozgan zolim tiran sifatida tasvirlangan.

Ushbu manbalarning ishonchliligi shubhali boʻlsa-da, Kaligula oʻzining qisqa hukmronligi davrida imperatorning cheklanmagan shaxsiy qudratini oshirishga harakat qilgan. Bu yoʻlda prinsipat ichidagi kompensatsiya kuchlari bilan ziddiyatga ham borib qolgan. U katta eʼtiborini uchun ulkan qurilish loyihalari va hashamatli turar-joylarga qaratdi. Rimda ikkita suv oʻtkazgich: Aqua Klavdiya va Anio Novus qurilishini boshladi. Uning hukmronligi davrida imperiya yarim mustamlaka Mavritaniyani viloyat sifatida qoʻshib oldi. 41-yil boshlarida Kaligula pretoriya gvardiyasi zobitlari, senatorlar va saroy ayonlarining fitnasi natijasida oʻldirildi. Biroq fitnachilarning imkoniyatdan foydalanib, Rim respublikasini tiklashga urinishi barbod boʻldi. Kaligula oʻldirilgan kuni pretorlar Kaligulaning amakisi Klavdiyni imperator deb eʼlon qilishdi. Kaligulaning oʻlimi Yuliy Sezar sulolasining erkak naslida rasmiy tugashini belgilab berdi. Ammo Yuliy-Klavdiy sulolasi uning jiyani Neron vafotigacha hukmronlik qilishda davom etdi.

Yoshligi

Gay Yuliy Sezar milodiy 12-yilning 31-avgustida Antiumda tug‘ilgan. U Mark Antoniyning nevarasi Germanicus va uning ikkinchi amakivachchasi, Agrippa Mark Vipsaniy va katta Julianing qizi Katta Agrippinaning uchinchi farzandi edi. Shuningdek, u Germanicusning ukasi va boʻlajak imperator Klavdiyning jiyani ediCassius Dio, Roman History LIX.6.. Gayning ikkita akasi Neron va Drusus va uchta opasi: Agrippina Kichik, Yuliya Drusilla va Yuliya Livillalar bor edi. Ikki uch yoshlarida Gay otasi Germanicus bilan Germaniya shimolidagi yurishlarda qatnashdiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 9.. U miniatyurada askar kiyimida, jumladan, harbiy etiklar (kaligae) va zirh kiygan holda tasvirlangan. Askarlar unga Kaligula („kichik [askar] etik“) degan laqab qoʻyishdi"Caligula" is formed from the Latin word caliga, meaning soldier’s boot, and the diminutive infix -ul.. Manbalarga koʻra, Gay ushbu laqabni yoqtirmaganSeneca the Younger, On the Firmness of a Wise Person XVIII 2-5. See Malloch, 'Gaius and the nobiles', Athenaeum (2009)..

Germanicus milodiy 19-yilda Suriya viloyatining Antioxiya shahrida 33 yoshida vafot etdi. Suetoniusning taʼkidlashicha, Germanicusni Tiberiyning agenti zaharlagan. Tiberiy Germanicusni siyosiy raqib sifatida koʻrganSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 2.. Otasining oʻlimidan soʻng Kaligula Tiberiy bilan munosabatlari yomonlashishiga qadar onasi Agripinna bilan birga yashadiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 10.. Tiberiy Agrippinaning boʻlajak eri oʻziga raqib boʻlishidan qoʻrqib, Agrippinaga boshqa turmush qurishga ruxsat bermadiTacitus, Annals IV.52.. Agrippina va Kaligulaning ukasi Neron 29-yilda vatanga xiyonatda ayblanib, surgun qilinganTacitus, Annals V.3.Suetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Tiberius 54.. Oʻsmir Kaligula oʻzining katta buvisi (Tiberiyning onasi) Livia qaramogʻiga yuborildi. Liviyaning oʻlimidan keyin u buvisi Antonia Minor qaramogʻiga yuborildi. 30-yilda Kaligulaning ukasi Drusus xiyonatda ayblanib qamoqqa tashlangan, yana bir ukasi Neron esa surgunda ochlik tufayli yoki oʻz joniga qasd qilish tufayli vafot etganTacitus, Annals V.10.. Suetoniusning yozishicha, onasi va akalari surgun qilingandan soʻng Kaligula va uning opa-singillari harbiylarning qatʼiy nazorati ostidagi Tiberiy asirlariga aylanishgan edilarSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Tiberius 64.. 31-yilda Kaligula Kaprida Tiberiyning shaxsiy qaramogʻiga topshirildi va u yerda olti yil yashadi. Koʻpchilikni hayratda qoldirgan holda Tiberiy Kaligulani saqlab qoldiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Tiberius 62.. Rim tarixchilari Kaligulani xavf-xatarni yaxshi anglagan va Tiberiyga nisbatan noroziligini yashirgan ajoyib tabiiy aktyor sifatida tasvirlashganTacitus, Annals VI.20.. Bir tarixchi Kaligula haqida shunday degan: „Hech qachon undan yaxshi xizmatkor yoki undan yomon xoʻjayin boʻlmagan!“.

Kaligula onasi va ukasi uchun qasos olish maqsadida Tiberiyni xanjar bilan oʻldirishni rejalashtirgani daʼvo qilinadi. Ammo qurolni Tiberiyning yotoqxonasiga olib kelib, u imperatorni oʻldirmagan, balki xanjarni yerga tashlagan. Taxminlarga koʻra, Tiberiy suiqasd rejalari haqida bilgan. Lekin hech qachon bunga chora koʻrishga jur’at eta olmagan. Suetoniusning taʼkidlashicha, Kaligula shu vaqtlardayoq shafqatsiz va yovuz boʻlgan. Tiberiy Kaligulani Kapriga olib kelganida, uning maqsadi Kaligulaning yashashiga imkon berish edi. Biroq u oʻzi va barcha odamlarni halokatga uchratganini, Rim xalqi va dunyo uchun phaethon ilonni tarbiyalayotganini bilmas edi."The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 11. 33-yilda Tiberiy Kaligulaga faxriy quaestorlik unvonini berdi. U imperator boʻlgunga qadar bu lavozimni saqlab qoldiCassius Dio, Roman History LVII.23.. Bu orada Kaligulaning onasi ham, ukasi Drusus ham qamoqda vafot etishdiTacitus, Annals VI.25.Tacitus, Annals VI.23.. Kaligula 33-yilda Junia Klaudilla bilan turmush qurgan. Ammo u keyingi yili tugʻish paytida vafot etganSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 12.. Kaligula vaqtini muhim ittifoqchi boʻlgan Pretoriya prefekti Naevius Sutorius Makro bilan doʻstlashishga sarfladi. Makro Tiberiyga Kaligula haqida yaxshi gapirib, imperatorning Kaligulaga nisbatan shubhalarini bostirishga harakat qildiPhilo of Alexandria, On the Embassy to Gaius VI.35.. 35-yilda Kaligula Tiberius Gemellus bilan birga Tiberiyning mulkiga qoʻsh merosxoʻr etib tayinlandiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Tiberius 76..

Imperatorlik Ilk hukmronlik yillari thumb|270px|Kaligula onasi va akasining xoklarini ota-bobolari qabriga qoʻymoqda. Muallif: Eustache Le Sueur, 1647

Tiberiy milodiy 37-yil 16-martda vafot etgach, uning mulki hamda prinsipat unvonlari Kaligula va Tiberiyning nabirasi Gemellusga qoldirildi. Ular birgalikda merosxoʻr boʻlishlari kerak edi. Bu vaqtda Tiberiy 77 yoshda va oʻlim toʻshagida boʻlsa ham, baʼzi qadimgi tarixchilar uni oʻldirilgan deb taxmin qilishadiTacitus, Annals XII.53.. Tatsitning yozishicha, Makro Kaligulaning hukmron boʻlishini tezlashtirish maqsadida Tiberiyni yostiq bilan oʻldirgan va bu Rim xalqini xursand qilgan. Suetonius esa qotillikni Kaligula amalga oshirgan boʻlishi mumkin, deb yozadi. Ushbu maʼlumotlar boshqa qadimgi tarixchilar tomonidan qayd etilmagan. Tiberiy hukmronligi davrida yashagan oqsoqol Seneka va Filon, shuningdek, Iosif Tiberiy tabiiy oʻlim natijasida oʻlganini qayd etganPhilo of Alexandria, On the Embassy to Gaius IV.25; Josephus, Antiquities of the Jews XIII.6.9.. Makro tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Kaligula Tiberiyning Gemellusga nisbatan vasiyatini Gemellus aqldan ozganligi sababli bekor qildi. Ammo u Tiberiyning istaklarini amalga oshirdiCassius Dio, Roman History LIX.1.. 18-martda Senat Kaligulani imperator deb eʼlon qildi. U prinsipat vakolatlarini qabul qildi. 28-mart kuni Rimda boshqa taxalluslar qatori uni „bizning chaqalogʻimiz“ va „yulduzimiz“ deb olqishlagan olomon qarshisiga chiqdiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 13..

Kaligula „butun dunyoda, quyosh chiqishidan to botishigacha“ hammani hayratda qoldirgan birinchi imperator sifatida tasvirlanganPhilo of Alexandria, On the Embassy to Gaius II.10.. Kaligula koʻpchilikka mashhur Germanikning sevimli oʻgʻli boʻlgani va Tiberiy boʻlmagani uchun ham sevilganSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Tiberius 75.. Suetoniusning soʻzlariga koʻra, yangi hukmronlik boshlanishini nishonlash uchun uch oylik ommaviy xursandchilik vaqtida 160 000 dan ortiq hayvonlar qurbon qilinganSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 14.Philo mentions widespread sacrifice, but no estimation on the degree, Philo of Alexandria, On the Embassy to Gaius II.12.. Filon Kaligula hukmronligining dastlabki yetti oyini butunlay baxtli davr deb taʼriflaganPhilo of Alexandria, On the Embassy to Gaius II.13.. Kaligulaning dastlabki harakatlarining koʻplari siyosiy xarakterga ega boʻlsa-da, ruhiy jihatdan saxiy edi. Qoʻllab-quvvatlashlari uchun harbiylarga, jumladan, pretoriya gvardiyasiga, shahar qoʻshinlariga va Italiyadan tashqaridagi armiyaga bonuslar berdi. Tiberiyning xiyonatlar haqidagi hujjatlarini yoʻq qildi. Vatanga xiyonat boʻyicha sud jarayonlari oʻtmishda qolganini eʼlon qildi. Surgunga yuborilganlarni oqladiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 15.. Imperator soliq tizimidan zarar koʻrganlarga yordam berdi. Baʼzi jinsiy deviantlarni quvib chiqardi. Omma uchun dabdabali tomoshalar, shu jumladan gladiator oʻyinlarini joriy etdiSuetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 16.Suetonius, The Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 18.. Kaligula onasi va akalarining suyaklarini yigʻdirib, olib keldi va qoldiqlarni Avgustlar xilxonasiga qoʻydiCassius Dio, Roman History LIX.3..

37-yil oktyabrda Kaligula ogʻir kasal boʻlib qoldi yoki ehtimol zaharlandi. Tez orada kasallikdan tuzalib ketdi, lekin koʻpchilik kasallik yosh imperatorni shaytonga aylantirganiga ishonishdi. Tuzalgach oʻziga yaqin boʻlgan yoki jiddiy tahdid deb bilgan kishilarni oʻldirishni yoki surgun qilishni boshladi. Ehtimol, Kaligulaning kasalligi oʻlimini va boshqalarning oʻrniga koʻtarilish istagini namoyon qilgan boʻlishi mumkinDunstan, William E., Ancient Rome, Rowman & Littlefield Publishers, 2010, , p. 285.. U amakivachchasi va asrab olingan oʻgʻli Tiberiy Gemellusni qatl qildi. Bu ishi Kaligula va Gemellusning buvisi Antonia Minorni gʻazablantirdi. Suetonius maʼlumotlarida Kaligula ayolni zaharlaganiga ishora qilsa-da, Antonia oʻz joniga qasd qilgani aytiladi. Kaligula oʻz qaynotasi Mark Junius Silanus va qaynogʻasi Mark Lepidusni ham qatl qilgan. Kaligula amakisi Klavdiyni faqatgina ermak sifatida saqlashni xohlagani uchun tirik qoldirildi. Sevimli singlisi Julia Drusilla 38-yilda isitmadan vafot etdi. Qolgan ikki singlisi Livilla va Kichik Agrippina surgun qilindi. U Agrippaning nabirasi boʻlishdan nafratlangan. Onasi Avgust va qizi Katta Yuliya oʻrtasidagi ishqiy munosabatlar natijasida homilador boʻlgan degan yolgʻonni takrorlab, Avgustga tuhmat qilganThe Lives of Twelve Caesars, Life of Caligula 23.

Ijtimoiy islohot va iqtisodiy inqiroz