Xoʻja Xisrav (Xoʻja Xisrav Karminiy, Xoja Xusrav, Xoja Xusrav al-Amiriy al-Karminiy; XIV asrda yashagan) — samarqandlik xoʻjalardan boʻlgan shayx. Naqshbandiya tariqatining targʻibotchisi. Oʻz davrida islom dinining peshvosi, turli karomatlar sohibi sifatida tanilgan. Qabri Karmana shaharchasidagi Xoʻja Xisrav maqbarasida. Hayoti va faoliyati Xoʻja Xisravning hayoti haqida juda kam maʼlumot saqlangan. Hatto uning tugʻilgan va vafot etgan yillari ham nomaʼlum. Yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra Xoʻja Xisrav samarqandlik xoʻjalar avlodidan boʻlib, Bahouddin Naqshband, Mavlono Orif Deggaroniylar bilan bir davrda yashagan va ular bilan muloqotda boʻlgan. Xalq orasida islom dinining peshvosi va avliyo sifatida nom qozongan. U Naqshbandiya tariqatiga amal qilgan hamda uni keng targʻib qilgan. Samarqanddan Karmanaga koʻchib oʻtgan, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Tarixiy qoʻlyozmalarda eslanishi Xoʻja Xisrav haqida ayrim tarixiy asarlarda yozib qoldirilgan. Jumladan, Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining „Bahouddin balogardon“ asarida Mavlono Orif Deggaroniydan quyidagi gaplar keltirilgan:
Xotira thumb|Karmana shaharchasidagi Xoʻja Xisrav qabristoniga kirish eshigi oldida ilingan toshlavha Karmana shaharchasida joylashgan Xoʻja Xisrav qabri ustida 2008-yil maqbara qurilgan. Xoʻja Xisrav qabri yaqinida joylashgan qabriston Xoʻja Xisrav qabristoni deb nomlanadi. Karmanada Xoʻja Xisrav nomida 11 ustunli masjid ham boʻlgan, hozirda saqlanib qolmagan. Shuningdek, Karmana shaharchasi janubida joylashgan mahallaga Xoʻja Xisrav nomi berilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Avliyo va ulamolar Turkum:Karmanalik avliyo va ulamolar