Gʻayrat Gʻaniyevich Fozilov – oʻzbek diplomati. 2018—2021-yillarda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi.
Hayoti 1974-yil 14-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (bakalavriatura), 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Fransuz va ingliz tillarini biladi.
1996—1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasi attashesi.
1999—2002 – Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi attashesi.
2002—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasi uchinchi kotibi.
2003—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati kichik mutaxassisi.
2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi.
2006—2010 – Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi birinchi kotibi, maslahatchisi, muvaqqat ishlari vakili.
2010—2012 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi kadrlar va oʻquv yurtlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi.
2012—2015 – Oʻzbekiston Respublikasining NATO huzuridagi missiyasi maslahatchisi.
2015—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2017—2021 – Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisiTashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
2021-yil 8-apreldan 2023-yil 5-dekabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2023-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuksdagi favqulodda va muxtor elchisiGʻayrat Fozilov Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi boʻldiTashqi ishlar vaziri oʻrinbosari elchi boʻldiOʻzbekistonning Belgiyadagi yangi elchisi tayinlandi. Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Niderlandlardagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Lyuksemburgdagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari