Tojlixonim () yoki Tojli Begim (), shuningdek, Shoh-Begixonim ()unvoni bilan ham tanilgan. Mavsillu qabilasidan boʻlgan turkman malikasi va Ismoil I ning turmush oʻrtogʻi.

Oilasi Italiyalik yozuvchi Angiolello va eronlik tarixchi Manuchehr Parsadust u ona tarafdan Oq qoʻyunlilar davlatining hukmdori Yoqubning (1478-1490) nabirasi ekanligiga ishonishgan, Jon Vuds uning otasi Mehmed beg , Amir Hamza esa ota tarafdan bobosi deb hisoblagan. Uning Beksixon ismli opasi ham bor edi.

Nikohi Angiolello va Ramusio maʼlumotlariga koʻra, Safaviy shohi Ismoil I (hukmronligi 1501-1524-yillar) 1503-yilda Oqqoʻyunlu hukmdori Murod ibn Yaʼqub ustidan gʻalaba qozonib, Tojluxonimga uylangan, ammo Budaq Monshi Qazviniy kabi Safaviylar davri tarixchilariga koʻra, u Afrasiyobiy hukmdor Kiya Husayn II ning rafiqasi boʻlib, Oqqoʻyunlu konfederatsiyasi tarqatib yuborilishi davrida oʻz hukmronligini gʻarbiy Mozandarondan Fors Iroqining bir qismiga kengaytirgan. Ismoil I oxirgi hududlariga bostirib kirdi va 1504-yilda uningz hukmronligiga chek qoʻydi, keyin Tojlixonimni oʻzining haramiga oldi. Shundan soʻng u Ismoilning eng sevimli xotini boʻlib, Tahmasp Mirzo va Baxrom Mirzo Safaviyni dunyoga keltirdi.

Safaviylar saroyidagi hayoti Uning Chaldiron jangida qoʻlga olinishi Safaviylar va Usmonli imperiyalari tarixchilari oʻrtasida asosiy tortishuv nuqtasi boʻlgan. Usmonli manbalarida uning jang paytida asirga olingani va hatto Salim I bilan suhbatlashgani yozilsa, Safaviy manbalariga ko‘ra, u yoʻqolib qolgan, ammo Mirzo Shoh Husayn uni topib olgan va shu tufayli Safaviylar saroyida vakillik darajasiga ko‘tarilganRoemer, H. R. (1986). „The Safavid period“. The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Timurid and Safavid periods. Cambridge: Cambridge University Press. p. 231. .. Rojer Savorining so‘zlariga ko‘ra, asirga olingan va keyinroq yana qayta shoh Ismoil I ga Behruzaxon ismi bilan turmushga chiqqan.

Tojli begim 1519-yilda Fotima al-Maʼsuma ziyoratgohini moliyalashtirgan, 1524-yilda Tahmasp Mirzoning taxtga chiqishiga koʻmaklashgan. Ammo oʻgʻlining xiyonati tufayli 1540-yilda Sherozga surgun qilingan. Bibi Doʻxtaron maqbarasiga dafn qilingan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1540-yilda vafot etganlar Turkum:1488-yilda tugʻilganlar Turkum:Eronlik turkmanlar Turkum:Turkman Turkum:Safaviylar Turkum:Safaviylar davlati