Ibn Hajar al-Asqaloniy yoki Ibn Hajar (, toʻliq ismi: Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Nuruddin Ali ibn Muhammad ibn Hajar al-Asqaloniy al-Kinoniy). Hijriy 773 –yil 18-fevralda tavallud topgan. Hadis ilmining olimi, fiqh, tafsir ulamosi hisoblanadi. U hadis, tarix, tarjimai hol, tafsir sheʼr va Shofeʼiy fiqhiga oid 150 ga yaqin asar muallifi boʻlib, ulardan eng mashxuri “Sahih al-Buxoriy” sharxi berilgan “Fath al-Boriy” nomli asaridir.

Yoshlik yillari U 1372-yilda Qohiradagi shofe'iy olimi va shoir Nur ad-Din Alining oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi asli Ashkelondan boʻlib, Iskandariyadan koʻchib kelishgan ( ). Ibn Hajarning ota-onasi go‘daklik vaqtida vafot etishgan. U va uning singlisi Sitt ar-Rakb otasining birinchi xotini va akasi Zaki ad-Din al-Xarrubiyning qaramog‘ida qolishadi. Ibn Hajar 5 yoshidan Qur’on ilmiga o‘qishga kirishgan. 7 yoshida Maryam surasini bir kunda o‘rganib atrofidagi olimlarni lol qoldiradi, 9 yoshida Qur’onni to‘liq hifz qiladi. U Ibn al-Hojibning fiqh asoslariga oid asarining qisqartirilgan sharxi matnlarini yod olishni boshlaydi.

Ilm yoʻli U 12 yoshida al-Xarrubiy bilan Makkaga joʻnab ketadi, u yerda katta olimlar qatorida Ramazon oyida oʻqiladigan tarovih namozini oʻqiydi .1386-yilda uning vasiysi vafot etgach, Ibn Hajarning Misrdagi ta’limi muhaddis Shams ad-Din ibn al-Qatton zimmasiga yuklanadi va uni Sirojuddin al -Bulqiniyning(vaf. 1404) fiqh kurslariga o‘qishga kiradi. Shofi’iy fiqhidan al- Mulaqqin (vaf. 1402), hadisdan Zayniddin al-Iroqiy (vaf. 1404) kabi islomning katta ulamolaridan dars oladi. Shundan so’ng Shamsud-Din al-Qalqashandiy (vafoti 1402)dan ilm olish uchun Damashq va Quddusga boradi. U yerda Badriddin al-Balisiy (vaf. 1401) va Fotima binti al-Manja at-Tanuxiya (vaf. 1401) bilan ilm halqalarida ilm oladi. Makka, Madina va Yamanga safar qilgandan keyin Misrga qaytib keladi.

Suyutiy: «U zot yod olishda Zahabiy darajasiga yetish niyatida zamzam suvini ichgan va bu ishni uddalagan, hatto undan ham oshib ketgan»Thail Tabaqaat al-Huffaath, pg. 251. deganlar.

Shaxsiy hayoti Ibn Hajar 1397-yil 25 yoshida Olimi ulamo, as-Saxaviydan dars bergan katta olim Abdurahim al-Iroqiydan ijoza oladi, keyinchalik uning qizi Unus Xotun bilan turmush quradi.

Lavozimlari Ibn Hajar bir necha bor Misrda bosh qozi ( qozi ) lavozimiga tayinlangan.

Vafoti Ibn Hajar 852-yil zulhijjaning 8 kuni (1449-yil 2 fevral) xuftondan keyin 79 yoshida vafot etadi. Uning Qohiradagi dafn marosimida 50 000 ga yaqin odam, jumladan Sulton Sayfud-Din Jaqmaq (milodiy 1373–1453) va Qohira xalifasi Al-Mustakfiy II ham qatnashishadi.

Faoliyati Ibn Hajar hadis, hadis terminologiyasi, biografik baho, tarix, tafsir, sheʼriyat va Shofeʼiy fiqhiga oid150 ga yaqin asarlarKifayat Ullah, Al-Kashshaf: Al-Zamakhshari's Mu'tazilite Exegesis of the Qur'an, de Gruyter (2017), p. 40 yozgan.

Fath al-Boriy – ibn Hajarning “ Sahih al-Buxoriyning “Jomiʼ as-sahih ”iga (817/1414) sharhi 1390-yillarda ibn Rajab boshchiligida tugallanmagan ishi yakunlandi. Bu muallifning eng mashhur va yuqori baholangan asariga aylandi. Qohira yaqinidagi (Rajab 842 hijriy / 1428 dekabr) tarixchi Muhammad ibn Iyos (vaf. 930 hijriy) tomonidan "Zamonning eng ulugʻi" deb ta'riflangan. al-Isaba fi tamyiz as-Sahoba - Paygʻambar alayhissalomning sahobalarining eng toʻliq lugʻati muallifi hisoblanadi. Vabo kasalligidagi qiyin vaziyatdagi xizmatlari ( bdẖl ) Qora oʻlim haqidagi munozara va kasallikka oid ilohiy davolar haqidagi yechimlar Fath al-Bariyda parchalar koʻrinishida mavjud. al-Durar al-Kāminah - VIII asrning yetakchi arboblarining biografik lugʻati. al-Kamol fi Asmoʻ ar-Rijol - Jamoliddin al-Mizziyning hadis roviylari ensiklopediyasi Tahdhib al-Kamolning sharhi. Taqrib at- tahthib - Tahthib at-tahthi sharhi. “Tajil al-manfaa” – toʻrt imomning “ Musnadlari ” roviylarining tarjimai holi. Bulugʻ al-maram – Shofi'iy fiqhida qoʻllanilgan hadis haqida. Nataij al-afkor fi taxrij hadis al-azkor Lisan al-Mizon - al-Zahabiyning " Mizan al-'Itidal " asarini qayta ishlangani, bu esa oʻz navbatida oldingi asarning qayta ishlangan shakli hisoblanadi. Talxis al-habir fi taxrij ar-rofi`i al-kabar. ad-Diraya fi taxrij hadis al-hidoya. Tagʻliq at-Ta'liq 'ala Sahihi Buxoriy. Risola tazkirat ul-athar. al-Matalib al-Aliya bi Zavoid al-Masanid at-Samaniya. Nuhbat al- Fikor va hadis terminologiyasida “ Nuzah an-nahr ” nomli sharhi. al-Nukot ala Kitob ibn as-Saloh - ibn as- Salohning Muqaddimasiga sharh. al-Qavl al-Musaddad fi Musnad Ahmad Ahmadning Musnadda sahihligi bahsli hadislar muhokamasi. Silsilat az-Zahab. Taʼrif Ahl at-Taqdis bi Maratib al-Mavsufin bi at-Tadlis. Raf' al-isr 'an qudat Misr - Misr qozilarining biografik lugʻati. Mathieu Tillier, Vie des cadis de Misrda qisman fransuz tarjimasi.(Qohira: Institut français d'archéologie orientale, 2002-yil.)

Yana qarang

Ash'ariylar va moturidiylar roʻyxati Uning shogirdi Nuriddin Ali ibn Dovud al-Javhariy as-Sayrafiy

Manbalar

Havolalar

MuslimScholars.info saytidagi bioma'lumotlar Ibn Hajar al-Asqaloniy va uning sharhi Ibn Hajar al-Asqaloniy kitoblari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:1449-yilda vafot etganlar Turkum:1372-yilda tugʻilganlar