Qarsakpay yozuvi (Temur toshi deb ham ataladi) 1391-yil 28-aprelda Qozogʻistonning Qarsakpay konlari yaqinidagi Ulugʻtog togʻ yonbagʻridagi qoya parchasiga oʻyib yozilgan bitik. 1935-yilda topilgan Arab tilida uch qator, eski uygʻur alifbosida yozilgan chigʻatoy tilida sakkiz qatordan iborat bitikdir.

Qarsakpay yozuvi topilgach, 1936-yilda Leningraddagi (hozirgi Sankt-Peterburg) Ermitaj muzeyiga olib ketilganTurkum:CS1 Russian-language sources (ru), hozir ham Ermitaj muzeyida. Yozuv 1940-yilda Nikolas Poppe tomonidan o'rganilgan, keyinchalik Napil Bazilxan, Hasan Eren, Olga Borisovna Frolova, A.P Grigoryev, N. N. Telitsin, A.N Ponomarev va Zaki Validiylar tomonidan ham tadqiq qilingan.

Oʻlchovlari Yozuvning oʻlchami 80x40 santimetr. Oʻyib yozilgan yozuvlarning chuqurligi 1,5-2 millimetr oraligʻida. Arab va Chigʻatoy yozuvlari orasidagi masofa 18 santimetrTurkum:CS1 Russian-language sources (ru).

Mazmuni Yozuvda qoʻmondon Temur va uning 200 ming askarining Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamishga qarshi 1378—1395-yillardagi yurishlari chogʻida dalalarni kesib oʻtgani hamda Betpaqdala yarim choʻl hududlari orqali oʻtgan yoʻli qayd etilgan. XV asrning birinchi choragida yozilgan „ Zafarnoma“ ("G‘alabalar kitobi") asarida uning muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy o‘sha yurishdagi bir voqeani keltirgan:Oʻsha dashtni koʻzdan kechirish uchun Temurbek togʻ choʻqqisiga chiqdi, butun tekislik yam-yashil edi. Temur shu kuni aynan shu yerda qoldi, (keyin) mulozimlarga buyruq qildi, askarlar tosh bo'lagini kesib olib kelishdi, bu joyga mayoqdek qilib oʻrnatishdi. Usta tosh oʻyuvchilar toshga oʻsha kunning sanasini yozib qoʻyishdi, toki ushbu eslatma abadiy qolsin degan maqsadda.

Toʻliq matn

arabcha Arabcha tarjimasi: (Xalqaro Turkiy Akademiya tomonidan)

Bismillaahirrahmanirrahim Malikul mulikl kuddusul hakkul muminul muhayminul zabbarul kadirul hakimul mumitul hayiu

Tarjima: Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan, borliq hukmdori, hayot va oʻlim berguvchi.

chigʻatoycha

Chigʻatoy yozuvi: Tariq yettı yuz yıl toqsan üçintä qoy yaznıŋ ara ay Turannıŋ sultānı Timurbäg üç yuz miŋ çärig bilä Islām üçün Toqtamışqan bulğar qanıqa yurıdı Bu yergä yetip bälgü bolzun tep bu obanı qopardı Täŋri nısbat bergäy inşalla Täŋri ul kişikä rahmat qılğay bizni duā bıla yād qılğay

Oʻzbekcha: Yetti yuz toʻqson uchinchi, qoʻy yilida Turonning sultoni Temurbek(beg) uch(ikki) yuz ming cherik bilan Islom uchun Toʻxtamishxon Bulgʻor xonigʻa yuridi. Bu yerga yetib belgi boʻlsin deb bu tepalikni qoʻpordi. Tangri nisbat bergʻay, inshallah Tangri bu kishilargʻa rahmat qilgʻay, bizni duo bila yod qilgʻay.. Chag‘atoy tilida: (Xalqaro Turkiy Akademiya tomonidan)

Tarıh /Qara ?/ yetı yüz toksan üçinte /Toqmaq orna-da ?/ qoy yıl yaznıŋ ara ay Turannıŋ sultanı Temür bek iki (üč ?) yüz mıŋ čerik bile Ismi üčün Toqtamıš qan bulğar qanığa yorıdı Bu yerge yetip belgü bolsun tep bu obanı qopardı Teŋrı nisfat bergeı insi-alla Teŋrı el kisige rahmat qılğay bız-nı duwa bıle yad qılğay

Manbalar

Turkum:Amir Temur Turkum:Qozogʻiston tarixi