Abdurrasul ibn Muhammad ibn Mahmud ibn al-Og‘o Ali ash-Sharodiy al-Koshoniy al-Madaniy — olim va ko‘p asarlar muallifi. Koshonda Habibulloh ibn Ali al-Koshoniy, Faxruddin an-Naroqiy kabi taniqli olimlardan taʼlim olgan, so‘ngra Najafda Muhammad Kozim az-Zaradiy va boshqalardan ham saboq olgan. So‘ngra Koshonga kelgan va uning yirik olimlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Abdurrasul al-Koshoniy hijriy 1366-yil safar oyining 8-sanasi, chorshanba kuni quyosh botayotgan vaqtda vafot qilgan va Panja Shoh degan joyga dafn etilgan. Asarlari „Tiryoqu-s-sumum“ („Zaharga qarshi davo“) „Tafkiku-l-olami-l-haqiyqa ani-t-tabiyʼa“ („Tabiatdan haqiqat olamini ochish“) „ar-Radd ala-lbobiya“ („Bobiya oqimiga raddiya“) „Aʼloimu-l-haqiyqa“ („Haqiqat alomatlari“) „Hidoyatu-l-muhibb“ („Tolibi ilmga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish“) „Riyozu-l-mutakallimiyn“ („Mutakallim olimlarning bo‘stonlari“) Manbalar