Baxtiyor Rahmanov (1987-yil 2-mart, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri) — oʻzbekistonlik xonanda va bastakor. Hayoti Baxtiyor Rahman 1987-yilning 2-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. Qarshi shahridagi 26, 27, 3 maktablarda tahsil olgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Oilali. Ikki nafar farzandning otasi.

Bastakorlik faoliyatini Shekspir sonetlari, Navoiy g‘azallariga musiqa bastalashdan boshlagan.

Mukofotlari 2007 va 2008-yillarda „Barhayot anʼanalar“ folklor festivali laureati boʻlgan.

2008-yilda „Kelajak ovozi“ respublika tanlovida g‘oliblikni qoʻlga kiritgan.

2009, 2010 va 2011-yillarda „Yagonasan, muqaddas Vatan“ ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida g‘olib boʻlgan.

2010 va 2011-yillarda „Nihol“ ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi boʻlgan.

2011-yilda „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ nominatsiyasida M&TVA -2011 mukofotini olgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar

Baxtiyor Rahmonov - Bahor | Бахтиёр Раҳмонов - Баҳор BAXTIYOR RAHMANOV - ESHIKKA SUYANIB JILMAYGAN AYOL "Fevral - Mart" (LIVE) QUYOSH PORLAMOQ UCHUN