Oʻzbekistonda davlat qoʻmitalari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi, umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralaridirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Vazifalari Tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Tarmoqdagi ahvol uchun masʼul hisoblanadi. Oʻzbekistonning tegishli qonunlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari davlat qoʻmitalarining huquqiy holatini belgilab beradi. Davlat qoʻmitalariga raislar rahbarlik qiladi. Raislar tegishli qoʻmita vazifalarini bajarishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi. Har bir qoʻmitada hayʼat tuziladi, hayʼat qarorlari, odatda, rais buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Raislari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi, keyinchalik Oliy Majlis tasdigʻiga kiritiladi.
Qoʻmitalar Soliq qo‘mitasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
Yana qarang Oʻzbekiston hukumati
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston siyosati Turkum:Oʻzbekiston hukumati