Abdurrahmon ibn Maʼmun ibn Ali ibn Muhammad al-Abivardiy an-Naysoburiy al-Mutavalliy — faqih. Ilm talabi bilan Buxoro va Marvda bo‘lgan. U o‘z zamonasida „Imomlar sharafi“ degan taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. Uning 10 juzdan iborat „at-Tatimma“ („Masalalarning mukammal taʼrifi“) nomli fiqhiy asari bor. Milodiy 1036-yil (hijriy 427-yil) tugʻilib, milodiy 1085-yil (hijriy 478-yil) (52 yosh) vafot etgan.

Manbalar