Qibla (Arabcha: قبلة; arab. — Qarshi tomonda turgan narsa) — musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzini qaratib turadigan tomon. Dastlab Muhammad(S.A.V) va ularning tarafdorlari Quddus tomonga qarab namoz oʻqishgan. Hijriy 2-yili (624-yil) Makkadagi Kaʼba barcha musulmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Har bir musulmon qayerda boʻlmasin, albatta Qibla tomonga qarab namoz oʻqiydi. Masjidlarda mehrob Qibla tomonga oʻrnatiladi, shu tomonga qarab azon aytiladi. Islomdagi koʻp marosimlar ham, odatda, Qiblaga qarab bajariladi. Marhum koʻmilganda ham yuzi Qiblaga qaratib qoʻyiladi. Islom shariati Qibla tomonni ulugʻlaydi, Qibla tomonga oyoqlarni uzatib oʻtirish va yotish odobsizlik hisoblanadi. Oʻzbekistonga nisbatan Qibla janubigʻarb tomonda boʻlib, kompas mili Gʻarb nuqtasidan chap tomonga 14 gradus qaytishi kerak.

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/17/Supplicating_Pilgrim_at_Masjid_Al_Haram._Mecca%2C_Saudi_Arabia.jpg/300px-Supplicating_Pilgrim_at_Masjid_Al_Haram._Mecca%2C_Saudi_Arabia.jpg|alt=A man raising his hands in prayer in front of the Kaaba|thumb| Ziyoratchi Makka masjidida musulmonlar qiblasi bo'lmish Ka'ba tomonga yuzlanib duo o'qiydi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/62/US_Army_51420_Soldiers_celebrate_end_of_Ramadan.jpg/300px-US_Army_51420_Soldiers_celebrate_end_of_Ramadan.jpg|alt=A group of people prostrates in the same direction|thumb| Qo'shma Shtatlardagi namozxonlar jamoati bir xil yoʼnalishga, qibla tomonga sajda qilishadi. Bu yoʻnalish asosan musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzini qaratib turadigan yoʻnalish hisoblanadi. Islomda Kaʼba Ibrohim va Ismoil paygʻambarlar tomonidan qurilgan muqaddas joy ekanligiga ishonishadi.Undan qibla sifatida foydalanish Alloh tomonidan Qur'onning bir necha oyatlarida nozil qilingan.Ushbu oyatlar Muhammad alayhissalomga hijriy ikkinchi yilda vahiy qilingan. Bu vahiydan oldin Muhammad va uning Madinadagi tarafdorari ibodat qilish uchun Quddus tomonga qarab namoz oʻqishgan.Aksariyat masjidlarda mehrob (devorga ravoq shaklida ishlangan joy) mavjud.,U qibla tomonga oʻrnatiladi va shu tomonga qarab azon aytiladi

Islomdagi koʻp marosimlar ham, odatda, Qiblaga qarab bajariladi.Qibla ehromga kirish (haj ziyoratidagi muqaddas holat); zabiha (islomda jonivorlarni halollab soʻyish) paytida hayvonlarning qaysi tomonga burilishi; duo qilish uchun tavsiya etilgan yoʻnalishdir.Marhum koʻmilganda ham uning yuzi qiblaga qaratib qoʻyiladi.Islom shariati Qibla tomonni ulugʻlaydi, Qibla tomonga oyoqlarni uzatib oʻtirish, yotish va u tomonga tupurish odobsizlik hisoblanadi Qiblani Kaʼbaning aniq yoʻnalishini bilgan holda (ayn al-kaʼba) yoki umumiy tomonga qaragan holda (jihatul-kaʼba) aniqlash mumkin. Aksariyat islom ulamolari, namoz oʻqish va shu kabi holatlarda ayn-al- kaʼbani aniqlab boʻlmasa, jihatul-kaʼbani qabul qilish mumkin, deb hisoblaydilar.

Osmon jismlari va hodisalarini oʻrganuvchi musulmon olimlar joylashuv uchun qoʻllaydigan eng keng tarqalgan taʼrif Yer sxarida Kaʼbadan oʻtadigan katta doira yoʻnalishidir. Bu maʼlum joydan Kaʼbaga qadar mumkin boʻlgan eng qisqa yoʻlning yoʻnalishi boʻlib, joylashuv va Kaʼbaning manzillarini kiritiladi.Bu esa sferik trigonometriya formulasidan foydalangan holda qiblani aniq hisoblash imkonini beradi (quyidagi formulaga qarang).Bu usul musulmonlar uchun mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va qibla kompas kabi asboblarda ishlatiladigan qibla jadvallarini tuzish uchun qoʻllanadi. Quyosh Makkada yiliga ikki marta toʻgʻridan-toʻgʻri tepada joylashganida, vertikal tayoq soyasini kuzatish orqali ham qiblani aniqlash mumkin. Bu hol 27-28-may kunlari, Saudiya Arabistoni standart vaqti bilan soat 12:18 (09:18). UTC) va 15 va 16-Iyul kunlari soat 12:27 SAST (09:27 UTC)da yuz beradi

Islom olamida astronomiya fanining rivojlanishidan avval musulmonlar qiblani aniqlashda an’anaviy usullardan foydalanganlar. Bu usullar Muhammad alayhissalomning sahobalari bir joyda boʻlganlarida qoʻllagan yoʻnalishga yuzlanishni oʻz ichiga oladi; samoviy jismlarning joylashgan oʻrni va koʻtarilish nuqtalaridan; shamol yoʻnalishidan foydalanish; yoki Muhammadning Madinadagi qiblasi boʻlgan janub tomonni aniqlash shu usullardan biridir. Ilk islom astronomiyasi hind va yunon olimlari, ayniqsa Ptolemey asarlari asosida qurilgan va tez orada musulmon astronomlari IX asr oʻrtalaridan boshlab qiblaning taxminiy yoʻnalishlarini hisoblash usullarini ishlab chiqdilar. IX—X asr oxirlarida musulmon astronomlari qiblaning aniq yoʻnalishini topish uchun zamonaviy formulalarga oʻxshash usullarni ishlab chiqdilar. Dastlab, bu „munajjimlar qiblasi“ anʼanaviy tarzda belgilangan turli xil qiblani aniqlash usullari bilan birga ishlatilgan, natijada oʻrta asrda musulmon shaharlarida juda xilma-xillik paydo boʻlgan. Qolaversa, astronomik usullarning aniq natija berishi uchun zarur boʻlgan aniq geografik maʼlumotlar XVIII—XIX asrlarga qadar mavjud boʻlmagan, natijada qiblaning yanada xilma-xilligi yuzaga kelgan. Turli qiblalarga ega boʻlgan tarixiy masjidlar bugungi kunda ham islom olamida saqlanib qolgan. Dindor musulmon Shayx Muszaphar Shukorning 2007-yilda Yer orbitasidan Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga uchishi qibla yoʻnalishi boʻyicha munozaraga sabab boʻldi.U astronavtlar uchun „mumkin boʻlgan narsaga qarab“ qiblani aniqlash usulini yoqladi va vatanidagi Malayziya islomiy maʼmuriyatini bu usulni qoʻllab-quvvatlashga undadi

Joylashuvi link=https://en.wikipedia.org/wiki/File:Middle_East_location_map2.svg|class=notpageimage|240x240px|Map of the Middle East class=notpageimage| Muhammad va Madinadagi ilk musulmonlar dastlab Quddus tomon namoz oʻqishdi va 624-yilda qibla yoʻnalishini Makkadagi Kaʼba tomon oʻzgartirdilar.Qibla-musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi boʻlmish Al-Masjid al-Harom (al-Masjid al-Haram) markazida joylashgan kub shaklidagi bino-Kaʼbaning yoʻnalishi. Al-Masjid al-Harom esa Saudiya Arabistonining Hijoz mintaqasida, Makka shahrida joylashgan.Kaʼba Qibla vazifasidan tashqari, musulmonlar uchun eng muqaddas joy boʻlib, u Xudoning uyi (Baytulloh) deb ham ataladi va haj va umra ziyoratlarida tavof (arab.atrofida aylanmoq) qilinadi. Kaʼba taxminan toʻrtburchaklar shaklida boʻlib, uning toʻrt burchagi toʻrtta asosiy yoʻnalishga yaqin joylashgan. Qur'onga koʻra, u Islomda paygʻambar boʻlgan Ibrohim va Ismoil tomonidan qurilgan. Kaʼbaning Islom paydo boʻlishidan oldingi tarixini batafsil bayon qiluvchi bir nechta tarixiy yozuvlar saqlanib qolgan, ammo Muhammaddan oldingi avlodlarda Kaʼba islomdan oldingi arablar dinining ziyoratgohi sifatida ishlatilgan.

Kaʼbaning (yoki u joylashgan Al-Masjid al-Haromning) qibla ekanligi oyatlarga asoslanadi. Qur'onning „ Baqara“ surasidagi 144,149 va 150-boblari shu haqida boʻlib, ularning har birida „Yuzingizni Al-Masjidul al-Harom tomonga buring“ (favalli vajhaka shatr Al-Masjid al-Harom) buyrugʻi mavjud. Islom anʼanalariga koʻra, bu oyatlar ikkinchi hijriy yilning (624 CE milodiy) Rajab yoki Shabon oyida yoki Muhammad Madinaga hijrat qilganidan taxminan 15 yoki 16 oy oʻtgach nozil boʻlgan. Ushbu vahiylardan oldin Muhammad va Madinadagi musulmonlar qibla sifatida Quddus tomonga qarab namoz oʻqidilar, xuddi Madina yahudiylari tomonidan qoʻllanadigan mizrah (Mizrahi ibroniycha:Sharqiy) kabi namoz yoʻnalishidir. Islom anʼanalarida aytilishicha, bu oyatlar jamoat namozi paytida nozil qilingan; Muhammad va uning izdoshlari ibodat marosimi oʻrtasida darhol Quddusdan Makkaga yoʻnalishini oʻzgartirdilar. Bu voqea oʻtkaziladigan joy Masjid al-Qiblatayn (“Ikki qiblali masjid”) boʻldi.

Muhammad Makkada (Madinaga hijrat qilishdan oldin) boʻlganida qibla yoʻnalishi qanday boʻlgani haqida turli fikrlar mavjud. Tarixchi at-Tabariy va tafsirchi (matn tarjimoni) al-Baydaviy keltirgan xabarga koʻra, Muhammad Kaʼbaga qarab namoz oʻqigan. Al-Baladhuriy va at-Tabariy keltirgan boshqa bir xabarda aytilishicha, Muhammad Makkada boʻlganida Quddus tomonga qarab ibodat qilgan. Ibn Hishomning Muhammadning hayoti haqida eslab oʻtilgan boshqa bir xabarida aytilishicha, Muhammad bir vaqtning oʻzida namozini Kaʼba va Quddusga qaragan holda oʻqigan. Bugungi kunda barcha toifadagi musulmonlar, jumladan sunniy va shia ham Kaʼba tomon namoz oʻqiydilar. Tarixiy jihatdan asosiy istisnolardan biri Karmatiylar-hozir yoʻq boʻlib ketgan sinkretik (voqelik va afsona aralashgan, haqiqiy va ramziy) shia mazhabi boʻlib, ular Kaʼbani qibla sifatida rad etganlar; 930-yilda ular Makkani talon-taroj qilishdi va bir muddat Islomda yangi davrni boshlash niyatida Kaʼbaning Qora toshini Al-Ahso Oasisdagi oʻzlarining hokimiyat markaziga olib ketishdi.

Diniy ahamiyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/04/Samarcanda%2C_Shah-i-Zinda_28_%28cropped%29.jpg/290px-Samarcanda%2C_Shah-i-Zinda_28_%28cropped%29.jpg|alt=Several women pray inside a building. There is a niche on the wall in whose direction they pray.|thumb|Masjid devorlaridan biridagi mehrob namoz oʼqish uchun qibla tomonni koʼrsatadi..Shohizindadagi surat, Samarqand, Oʼzbekiston. Kelib chiqish jihatidan arabcha qibla soʻzi () „yoʻnalish“ degan maʼnoni anglatadi. Islomiy marosim va qonunlarda bu musulmonlar ibodat paytida va boshqa diniy amallarda duch keladigan maxsus yoʻnalishni anglatadi. Islom dini ulamolari qiblaga yuzlanib turish namozning, yaʼni islomda farz boʻlgan namozning toʻgʻri boʻlishining zaruriy sharti ekanligini aytishadi; istisnolarga qoʻrquv yoki urush holatidagi namozlar, shuningdek, sayohat vaqtidagi farz boʻlmagan namozlar kiradi. Hadis (Muhammadning soʻzi)da shuningdek, musulmonlar ehromga kirayotganda (hajdagi muqaddas holat), oʻrta (ramziy shaytonga tosh otish marosimi) va ziyorat paytida qiblaga yuzlanib turishlari kerakligi aytilgan. Islom odobi (adab) musulmonlarni hayvon soʻyilganda boshini, marhumlarni koʻmayotganda esa yuzlarini qiblaga qaratishga chaqiradi. Duo qilishda afzal taraf qibla boʻlib, tupurishda va boshqa yoqimsiz hollarda u tomondan yuz burish kerak.

Masjid ichida qibla odatda mehrob, yaʼni qiblaga qaratib oʻrnatilgan devordagi joy bilan koʻrsatiladi. Jamoat namozida imom uning ichida yoki unga yaqin joyda, qolgan namozxonlardan oldinda turadi. Ummaviylar davrida mehrob masjid tarkibiga kirdi va Abbosiylar davrida uning shakli bir xil tuzilisha ega boʻldi; bundan oldin masjidning qiblasi uning devorlaridan birining yoʻnalishidan maʼlum boʻlgan va u qibla devori deyilgan. Qur'onda mehrob atamasi faqat bir marta tasdiqlangan, ammo u masjidning bir qismi emas, balki Isroilliklarning ibodat joyini bildiradi. Misrning Fustat shahridagi eng qadimiy masjidlardan biri Amr ibn al-Os masjidi dastlab mehrobsiz qurilgani maʼlum, ammo keyinchalik uning ichida ham bir mehrob qilingan.

Ayn al-kaʼba va jihat al-kaʼba Ayn al-kaʼba (Kaʼbaga yuzma-yuz turish) bu qiblaga toʻgʻridan-toʻgʻri qarab turishni bildiradi.Qiblani kuzatishning bu usuli Makka masjidi va uning atrofida osonlik bilan amalga oshiriladi.Ammo Kaʼbaning kengligi 20 metr (66fut)dan kamroq ekanligi hisobga olinsa, bu imkoniyat uzoq joylardan deyarli mumkin emas.Masalan Madina shahridan, Kaʼbadan 338 kilometr (210 milya) uzoqlikda, aniq oʻlchamdan bir daraja ogʻish yuz bersa xatolik deyarli sezilmaydi.Faqatgina joynamozni qoʻyishda 5.9 kilometr (3.7 milya) oʻzgarish yuz berganini bilish mumkin.Bu oʻzgarish Makkadan uzoqroq joylarda Jakarta, Indoneziyadan taxminan 7.900 km (4.900 milya) uzoqlikda kuchayadi, 1 daraja ogʻish 100 km (62 milya)dan koʻproq oʻzgarish boʻlishiga sabab boʻladi.Hattoki bir necha soniyalik ogʻishlar Kaʼbaning joylashuviga nisbatan 100 m (330fut)dan koʻproq siljish yuz berishiga sabab boʻladi.Bundan farqli ravishda, masjidning qurilish jarayonida hisoblangan qibla yoʻnalishidan besh darajagacha xatoga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Namozxonlar uchun koʻrsatkich sifatida masjid ichiga joynamoz joylash natijasida yana bech daraja ogʻish qoʻshilishi mumkin.