Ali ibn Abdulazim al-Hukmobodiy, at-Tabriziy, al-Xiyoboniy — muarrix, adib va olim bo‘lgan. U Hukmoboddagi Tabriz mahallasida milodiy 1865-yilda (1282-hijriy yilning 28-shavvol) tugʻilgan. Grammatika, morfologiya, balog‘at, mantiq, riyoziyot ilmlariga oid ko‘p kitoblar mutolaa qilib, xatiblikni o‘rgangan. Eronning mashhur voizlaridan biriga aylangan. Milodiy 1946-yil (hijriy 1366-yil) Asarlari „Vaqoiʼu-l-ayyom“ („Kundalik voqealar“, ko‘p jildli), „Muntaxabu-l-maqosid“ („Maqosid“ kitobining qisqartmasi"), „Muntaxab“ (Xuddi „Kashkul“ singari faroiz va boshqa ko‘pgina mavzularni qamrab olgan 9 jildli tanlanma), „Qoshiʼu-l-ayyom“ („Kunlarni oydinlashtiruvchi“ kitob), „Tuhfatu-l-ahibbo fi qasidati sayyidi-sh-shuʼaro“ ("Shoirlar xojasi, yaʼni Harimiyning „Qasida“si haqida suyuklilar tuhfasi").

Manbalar