Abu Abdulloh al-Iyloqiy ( — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy) — faqih.
Biografiyasi Abu Abdulloh al-Iyloqiy Xurosonda Hasan ibn Mas’uddan, Marvda ar-Ravzdan, Nishopurda Muhammad ibn Yahyodan fiqh ilmidan saboq olgan. Chiroyli siyratli olim ko‘p xayrli ish qilar, kishilarning hojatlarini chiqarishga doimo moyil bo‘lgan. As-Sam’oniy o‘zining „al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh al-Iyloqiyni o‘zi bilan Marvga kelib, „al-Amidiyya“ madrasasida vafot etgunicha yashaganlarini hamda Abu Abdulloh al-Iyloqiydan hadis ilmidan taʼlim olganini aytib o‘tgan. Abu Abdulloh al-Iyloqiy rabi’ul-avval oyida vafot etgan va Sinjzonda Yusuf al-Hamadoniy hazirasiga dafn qilingan.
Adabiyotlar
As-Sam’oniy. „Al-Muntaxab min mu’jam shuyӯx“. — Riyoz: 1417/1996. III, 1453-1454; Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 245.
Manbalar