Abu Amr ad-Damashqiy () — so‘fiy.

Tasavvuf tariqatining yirik na­mo­yandasi. Abu Abdulloh al-Jallo, Zunnun Misriy, Ali ibn Bundor So‘fiy as-Sayrafiy, Abu-l-Husayn Darroj, Abu-l-Hasan So‘fiy al-Fushanjiy, Abu Abdulloh Xafif ash-Sheroziylar suhbatidan bahramand bo‘lgan. Valiylar o‘z karomatlarini pinhon tutishlari farz, degan aqidani ilgari surgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-­uns“dan ushbu shayx hayotiga bog‘liq bobni qisqartirilgan holda kiritgan.

Adabiyotlar

Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. 180; Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I.

Manbalar