James Robert B. Quincey (1965-yil 8-yanvar kuni tugʻilgan) - britaniyalik tadbirkor. Bain & Co kompaniyasida oʻz faoliyatini boshlaganidan soʻng, 1996-yilda The Coca-Cola kompaniyasiga qoʻshildi va keyinchalik bosh operatsion direktor (COO) etib tayinlandi. Hozirda u kompaniyaning raisi va bosh ijrochi direktori hisoblanadi.
Yoshlik yillari James Robert B. Quincey 1965-yil 8-yanvarda Londonda (Angliya) tugʻilgan. Otasi Dartmouth kollejida biokimyo fani boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan yillarida Hanoverda (AQSH, New Hampshir) yashagan. Besh yoshida ular Birminghamga, Angliyaga koʻchib oʻtishdi. Birmingemdagi mustaqil King Edward's maktabida oʻqidi va keyinchalik Liverpool universitetida elektron muhandislik boʻyicha tahsil oldi U, shuningdek, ispan tilida erkin gapira oladi..
Faoliyati
Coca-Colaga qoʻshilish Bain & Co va kichikroq konsalting kompaniyasi bilan ishlagandan soʻng, 1996-yilda Coca-Cola kompaniyasiga qoʻshildi. Coca-Cola bilan u Lotin Amerikasida yashagan, u yerda Jugos del Valleni sotib olishga rahbarlik qilgan. 2008-yildan 2012-yilgacha Northwest Europe & Nordics Business Unit biznes bo‘limi prezidenti bo‘lgan. 2013-yilda Coca-Colaning yevropa guruhi prezidenti bo‘ldi. Yevropada Coca-Colaning Innocent Drinks sotib olishini va Coca-Colaning yevropada shisha quyish operatsiyalarini sotish va konsolidatsiyasini nazorat qildi.
COO va prezident 2015-yil avgust oyida Coke uni bosh operatsion direktor (COO) etib tayinladi. Oʻsha yili u prezident boʻldi. Kompaniyada brendlar uchun beshta toifali klasterlarga ega boʻlish rejasini e'lon qildi. U, shuningdek, boshqaruvni va butun Coke ierarxiyasini oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi.
Rais va bosh direktor thumb|Quincey plastik ifloslanish haqidagi majlisda. Video World Economic Forumdan olingan. 2016-yil dekabr oyida bosh direktor etib tayinlangan. Bosh direktor sifatidagi birinchi harakatlaridan biri yangi mahsulotlar va marketingga sarmoya kiritish va yil daromadi va foyda oʻsishini toʻrt foizdan olti foizgacha tiklash rejasining bir qismi sifatida 1200 ta korporativ lavozimlarni qisqartirishini e'lon qilgani boʻldi. Quincey, shuningdek, intervyularida Coke kompaniyasining xavf-xatarga nisbatan haddan tashqari ehtiyotkorlik madaniyatidan xalos boʻlishni xohlayotganini va boshlangʻich biznesga investitsiyalarni tezlashtirish orqali Coke portfelini yanada diversifikatsiya qilishni niyat qilganini aytdi. Keyinchalik 2030-yilgacha sotilgan har bir shisha uchun bir shishani qayta ishlash rejasini ishlab chiqdi. 2019-yil 24- aprelda boshqaruv kengashi raisi etib saylandi. 2021-yil dekabr oyida Quincey Tab va Zico hindiston yongʻogʻi suvi kabi kamroq sotiladigan koʻplab mahsulotlarini toʻxtatish rejalashtirilganligini e'lon qildiCNN: December 13th, 2021: Business:Risk Takers, Coca Cola's James Quincey:He killed some of Coke's most beloved brands. .
Shaxsiy hayoti Quincey va uning rafiqasi Jacquining ikki nafar farzandi bor va ularAtlanta (Georgia) da istiqomat qilishadi.
Manbalar
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik biznesmen Turkum:Kompaniyalar