Imom at-Termiziy koʻchasi – Yakkasaroy tumanida. „Rakat“ va Abdulla Avloniy mahallalari hududida joylashgan. XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Botir Boboev va Obid Akramxoʻjaev koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida. Dastlab Chereshnevaya (Gilosli) nomi bilan yuritilgan. 1991-yil 20-fevralda buyuk muhaddis Imom Abu Iso Termiziy (824-892) nomi berilgan.

Yoʻnalishida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Falastin davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, shaxsiy turar joy binolari, doʻkonlar hamda turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.

Galereya Imom at-Termiziy

Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Toshkent koʻchalari