Mystique (Raven Darkhölme) — Marvel Comics tomonidan yaratilgan va asosan Gʻaroyib odamlar bilan bogʻliq boʻlgan xayoliy qahramon. David Cockrum va Chris Claremont tomonidan yaratilgan ushbu personaj ilk bor Ms. Marvel #16 (may, 1978-yil) komiksida paydo boʻlganMs. Marvel, No.16 (aprel 1978).

Mystique gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. U istalgan odamning qiyofasiga kira oladi. Uning tanasining rangi — koʻk, sochlarining rangi — qizil, koʻzlari esa sariq ranglidir. Mystique komikslarda asosan Gʻaroyib odamlar jamoasining dushmani sifatida koʻrsatilgan.

Mystique personajini Gʻaroyib odamlar filmlar seriyasining yetti filmida uchratish mumkin. X-Men (2000), X2 (2003) va X-Men: The Last Stand (2006) filmlarida ushbu personajni Rebecca Romijn, X-Men: First Class (2011), X-Men: Days of Future Past (2014), X-Men: Apocalypse (2016) and Dark Phoenix (2019) filmlarida esa Jennifer Lawrence gavdalantirganWENN (May 10, 2006) 'X-Menʼs' Rebecca Romijn Aims to Please Male Fans Starpulse. Retrieved October 23, 2008..

Manbalar

Havolalar Mystique Marvel.com saytida Mystique UncannyXMen.net saytida

Turkum:Marvel Comics qahramonlari