Asov tulpor (inglizcha: Spirit Untamed) 2021-yilda ekranlarga chiqarilgan sarguzasht janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation va Dentsu studiyalari tomonidan ishlangan hamda Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. 2002-yilda ishlangan Mustang filmining spin-off'idir. Film rejissori — Elaine Bogan, produserlari — Karen Foster, ssenariy mualliflari esa Aury Wallington va Kristin Hahndir. Filmda bosh qahramonlarga Isabela Merced, Jake Gyllenhaal, Marsai Martin, Mckenna Grace, Julianne Moore, Walton Goggins va Andre Braugher ovoz bergan.

Filmning ilk relizi 4-iyun 2021-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $30 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $43 million daromad qilgan.

Ovoz berganlar Isabela Merced — Fortuna Esperanza „Lucky“ Navarro-Prescott Marsai Martin — Prudence „Pru“ Granger Mckenna Grace — Abigail Stone Walton Goggins — Hendricks Andre Braugher — Al Granger Julianne Moore — Cora Prescott Jake Gyllenhaal — James „Jim“ Prescott Eiza González — Milagro Navarro-Prescott Lucian Perez — Snips Stone, Abigail’s younger brother. Joe Hart — James Prescott Sr. Alejandra Blengio — Valentina Gino Montesinos — Wrangler/Rodeo Cowboy Jerry Clarke — Wrangler/Llama Cowboy Lew Temple — Wrangler/Conductor Gary Anthony Williams — Wrangler Renie Rivas — ayol

Oʻzbekcha dublyaj Elbek Mirzohidov — Hendricks Abdulhay Otaxoʻjayev — Al Granger Muhammadjon Xoʻjayev — James „Jim“ Prescott Dildora Bekjonova — Fortuna Esperanza „Lucky“ Navarro-Prescott Nargiza Mirzayeva — Prudence „Pru“ Granger

Film „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirildi. Tarjimon — Hasanboy Teshaboyev, rejissor va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2021-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:2021-yil multfilmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:Universal Pictures animatsion filmlari Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Spin-off filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:2021-yil kinokomediyalari