thumb|Zarin Qalam (Oltin qalam) nomini olgan Abdurahmon ibn Abu Bakr ibn Abdurahmon al-Kotib al-Molikiy tomonidan koʻchirilgan Qur’oni karimning ikki sahifasi. Ushbu qoʻlyozmaning har bir sahifasida oʻn toʻqqiz qator matn mavjud; birinchi, oʻninchi va oʻn toʻqqizinchi qatorlar muhaqqaqda yozilgan va har biri orasiga rayhoniyda sakkiz qator matn joylangan. Eron, 1186-yil. Chester Betti kutubxonasi. Rayhon yoki Rayhoniy (arab. ریحان) – fors-arab xattotligining oltita kanonik yozuv turlaridan biri. Rayhon soʻzi arab va fors tillarida rayhon oʻsimligini anglatadi. Rayhoniy xati muhaqqaq yozuvining rayhon gullari va barglariga qiyoslangan nozik varianti hisoblanadi.
Rayhoniy xati Abbosiylar davrida Ibn al-Bavvob tomonidan ishlab chiqilganالفخرو، إبراهيم بن يوسف (2015م). رحلة الخط العربي في ظلال المصحف الشريف (الطبعة الأولى). صفحة 100.Bu xat turini Yoqut al-Musta’simiy yanada takomillashtirganNassar Mansour Yaqut al-Musta’simi, Analytical Study of the Technical Characteristics of his Method in Rayhani Script, (in Arabic), 2018, Jordan Journal of History and Archaeology.
Manbalar