Otabek Sattoriy — oʻzbekistonlik mustaqil bloger va jurnalist. 2021-yil 29-yanvarda tovlamachilik va tuhmatda ayblanib hibsga olingan va olti yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq, bu ayblovlar Sattoriyning 2020-yilgi gaz taqchilligi davridagi hukumat korrupsiyasini yoritishi ortidan yuzaga kelgan boʻlishi mumkin.
Tarixi 2016-yilda Islom Karimov vafotidan soʻng Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar biroz yumshatilgan. Natijada, koʻplab mustaqil bloggerlar va jurnalistlar turli ijtimoiy media platformalarida, masalan, Telegramda oʻz maqolalarini yozishni boshladilar.
Sattoriy „Xalq fikri“ deb nomlangan blog yuritganJournalism Watchdog Calls On Uzbek Authorities To Release Jailed Anti-Corruption Blogger https://www.rferl.org/a/cpj-uzbekistan-blogger-journalism-corruption-/31093150.html Radio Free Europe/Radio Liberty Radio Free Europe/Radio Liberty 09 February 2021. Retrieved 13 September 2022. Ushbu blogda ko‘pincha mahalliy amaldorlar qilganligi iddao qilingan korrupsion holatlarni yoritib turardi.
Hibsga olish va sud 2020-yil dekabr oyida Sattoriy bozordagi qimmat narxlar haqida suratga olish chogʻida „suratga olishga xalaqit bermoqchi boʻlib, telefonni zoʻrlik bilan tortib olib, soʻng yaroqsiz holatda qaytarib bergan“ shaxsga duch keladi„Uzbek blogger Otabek Sattoriy detained, charged with extortion“. Committee to Protect Journalists. 8 February 2021. Retrieved 13 September 2022.. „U shaxs Sattoriyga yangi telefon berayotganida, militsiya bloggerni hibsga oldi. Blogger telefonni olish uchun tovlamachilikda ayblandi“. Bloggerning advokati ayblovlarni „soxta“ deb taʼrifladi.
2021-yil 15-iyul kuni apellyatsiya sudi Sattoriyga nisbatan hukm chiqardi va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdi.
2022-yil 5-aprelda Oliy sud ham hukm va ayblovlarni oʻz kuchida qoldirdiRittmann, Mihra (11 May 2021). „Blogger Jailed for 6.5 Years on Dubious Charges in Uzbekistan“. Human Rights Watch. Retrieved 13 September 2022..
Xalqaro javob Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi „Oʻzbekiston hukumati jurnalist Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod etishi, uning murojaatiga eʼtiroz bildirmasligi, barcha jurnalistlarga repressiyadan qoʻrqmasdan, erkin ishlashiga imkon berishi kerak“, deb yozgan edi.
AQShda joylashgan "Freedom Now" nodavlat tashkiloti BMTning asossiz hibsga olish boʻyicha ishchi guruhiga ushbu ish yuzasidan petisiya topshirdi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Yashayotgan insonlar