(Abulmahomid, Jamoluddin) Mahmud ibn Ahmad ibn Abdussayyid ibn Usmon ibn Nasr ibn Abdulmalik al-Hasiriy (hijriy 546-yil jumodulavval oyi (milodiy 1151-yil)da Buxoroda tugʻilib, 636-yil safar oyining 8-sanasi (milodiy 1239-yil)da Damashqda vafot etgan va sufiylarning mozoriga dafn etilgan) — Buxoro hududiga qarashli Hasir qishlogʻidan, hanafiy faqih va muhaddis boʻlgan. Koʻp hadis tinglagan. Soʻngra Damashqqa borib, u yerdagi „Nuriya“ madrasasida tahsil olgan.

Asarlari „Sharhu-l-jomiʼi-l-kabiyr“ (Muhammad Shayboniy qalamiga mansub hanafiy fiqhning sohalari haqidagi „al-Jomiʼ al-kabiyr“ „Katta toʻplam“ga sharh", u sakkiz jilddan iborat); „al-Jomiʼ al-kabiyr“ga bundan boshqa ham yana ikkita sharh bitgan. Mazkur sharhlarning biri — „Muxtasar“ („Muxtasar“), ikkinchisi esa — „Mutavval“ („Uzundan-uzoq“ boʻlib, muallif uni „at-Tahrir“ deb nomlagan); „Xayru-l-matlub fi ilmi-l-margʻub“ („Koʻngil tusagan ilm haqida talab etilganlarning yaxshisi“) deb nom bergan; „Sharhu-s-siyari-l-kabiyr“(Shayboniyning „as-Siyar al-kabiyr“ asariga sharh").

Manbalar