Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2005—2024-yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.
Biografiyasi 1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
1985—1993-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan.
1993—1996-yillarda „NKK“ firmasida tizim muhandisi boʻlib ishlagan.
1996-yildan 1998-yilga qadar „KomUzAziya“ kompaniyasi bosh direktori.
1998—2001-yillarda „UzPAK“ kompaniyasi bosh direktori lavozimida mehnat qilgan.
2001—2002-yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari oʻrinbosari.
2005—2017 – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.
2017—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari.
2017-yil 30-avgustda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga qaytgan.
2020-yil 19-martda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.
2024-yil 2-fevralda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimidan ozod etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari etib tayinlangan. Shu yil 28-mart kuni Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 2025-yil 4-dekabrda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan boʻshatildi.
Oilasi Qudasi – Abdulla Aripov, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Bosh vaziri.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari