(Zahiruddin, Abu Bakr) Muhammad ibn Ahmad ibn Umar al-Buxoriy, al-Hanafiy (hijriy 619-yil (milodiy 1222-yil)da vafot etgan) — faqih, usulshunos olim va qozilardan bo‘lgan. Buxoroda hisob-kitob ishlarini boshqargan.

Asarlari „al-Fatovo az-zahiriya“ („Zahiruddin fatvolari“); „Favoid ala-l-jomiʼi-s-sag‘iyr“ (Shahid ketgan Hisomuddin qalamiga mansub „al-Jomiʼ as-sag‘iyr“ („Kichik to‘plam“)ga foydali sharhlar" nomli asar, sharhlovchi uni „al-Favoidaz-zahiriya“, yaʼni fiqh ilmi haqidagi „Zahiriy foydalar“ deb nomlagan).

Manbalar